ShIFOKORLAR UCHUN MAXSUS SOAT

Shifokorlar uchun maxsus “Apple watch” soati yaratildi. Soat “Airstrip” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma bemor holati haqida shifokorga tezlik bilan xabar qiluvchi mobil platformalar ustida ish olib boradi.

Mazkur soat ekrani yuzasida qabul qilinadigan bemorlar ro‘yxati keltirilgan. Shu birgina ekranning o‘zida bemorning ismi, unga qo‘yilgan tashxis va shifokorning qabul qilish vaqti haqida ma’lumot jamlangan bo‘ladi. Bundan tashqari hamshira bemorning holati, hayot ko‘rsatkichlari haqida uning ismini ko‘rsatgan holda shifokorga ma’lumot taqdim etishi mumkin.

Agar shifokor bemorning tomir urishi (pulsi), qon bosimi, tana harorati yoki tahlil natijalari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishni istasa, bu ma’lumotlar maxsus qurilmaga laboratoriya orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilib turiladi. Shifokor sir saqlashi lozim bo‘lgan tibbiy ma’lumotlarga ruxsat etilgan maxsus tizim orqaligina kirishi mumkin.

Soatning o‘ziga xos yana bir vazifasi unda bemor qabul qilayotgan dori-darmonlar, davo muolajalari va shikoyatlar ham o‘rin olgan.

Maqsuda NODIROVA

Yana o‘qing:  ShIFOBAXSH MUSIQA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: