Odam organizmidagi toshlar qanday paydo bo‘ladi?

O‘t-tosh kasalligini paydo bo‘lishiga ko‘pgina omillar jumladan, irsiy moyillik, ko‘p yog‘li ovqatlarni iste’mol qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik, jigarning yallig‘lanishi va yuqumli kasalliklar, o‘t yo‘llari va o‘t xaltasi xastaliklari, shuning­dek, ichkilikga berilgan kishilarda tosh hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bularning barchasi o‘tning fizik va kimyo­viy tarkibini o‘zgarishiga zamin yaratadi. Natijada o‘t toshlari paydo bo‘ladi. O‘t sarg‘imtir, jigarrang tusdagi suyuq, o‘zgacha hidga ega ajralma bo‘lib, uni jigar hujayralari ajratadi. O‘t odam ichagida oziq moddalarning parchalanishiga va yog‘li mahsulotlarning hazm bo‘lishi hamda so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi.

Yog‘li ovqatni xush ko‘rib har doim ko‘p iste’mol qilinsa xolesterin bilan o‘t kislotalari o‘rtasidagi muvozanat buziladi. Bu holatda xolesterin donachalari cho‘kib, toshlar hosil bo‘ladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yog‘li ovqatlarni iste’mol qilib yotib olish, bir xil odamlarning ozish maqsadida ochlik bilan o‘zini o‘zi davolashga urinishi nafaqat tosh hosil bo‘lishi balki yomon oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Kam harakat qilish boshqacha qilib aytganda gipodinamiya, o‘tning faqat o‘t xaltasida emas, balki o‘t yo‘llarida ham dimlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli me’da osti bezi xastalanadi. Bu a’zo bilan o‘t ajratish tizimi o‘rtasidagi uyg‘unlik buziladi va tosh hosil bo‘lishi osonlashadi. Shuni xam eslatish maqsadga muvofiqki, o‘t qopi faqat jigar bilan emas, balki o‘n ikki barmoq ichak, me’da osti bezi bilan ham chambarchas bog‘langan. Shu sababli bu a’zolar birgalikda kasallanadi.

O‘t-tosh kasalligining oldini olish uchun inson serharakat bo‘lishi, bir necha soatlab bir joyda o‘tirmasdan, badantarbiya bilan shug‘ullanib turishi lozim.

Farhod BOBOYEV,

ToshPTI Bolalar xirurgiyasi va onkologiyasi kafedrasi

2-bosqich magistrlari

 

Yana o‘qing:  Tanganing ikki tomoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: