Kardiologlar haddan tashqari ko‘p mehnat qilmaslikni maslahat beradi

Har qanday me’yoridan ortiq mehnat (muttasil jismoniy harakatlar va ko‘p soatlik aqliy mehnat) inson sog‘lig‘i uchun zarar. Yevropa ittifoqi xodimlarining so‘zlariga qaraganda, haddan ziyod ko‘p ishlash yurak ritmining buzilishi xavfini oshiradi. Kardiologlar 1991 yildan 2004 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida to‘plangan ma’lumotlar tahlili natijasiga asoslanib shunday xulosaga keldi.

Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya va finlandiyalik 85000 nafar odamning ma’lumotlari tekshirildi. Kuzatuvning dastlabki bosqichida ishtirokchilarning hech qaysisida yurak ritmi buzilishi qayd etilmadi. Lekin bu holat bir necha yildan so‘ng 1000 dan ortiq odamda kuzatildi.

Shunday qilib, haftasiga ellik soatdan ortiq ishlaydigan kishilarda yurak ritmi buzilishi xavfi yaqin o‘n yil ichida 40 foizga ortgan. Natijalarni aniqlashda shaxsning yoshi, jinsi, jismoniy faolligi, ichishi, chekishi, semizligi, ijtimoiy-iqtisodiy holati tegishlicha ayirib tashlandi. Mutaxassislar ko‘rsatilgan muammolar insult, yurak yetishmovchiligi, tomir zaifligi kabi kasalliklarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Til ham og‘riydimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: