BEBIONIC-3 PROTEZ QO‘LLARI

Hayotda turli xil baxtsiz hodisalar tufayli tana a’zolariga shikast yetib ularni sun’iy ya’ni, protez bilan almashtirganligi to‘g‘risida ko‘p eshitganmiz. So‘nggi paytlarda tibbiyot sohasidagi rivojlanishlar natijasida tananing protez a’zolari xuddi haqiqiydek vazifalarni bajarishga mo‘ljallab ishlab chiqarilmoqda.

Bu o‘z-o‘zidan bemorlarga qo‘shimcha qulayliklarni yaratmoqda. Bugun ana shunday protez qo‘llarning yangi avlodi, aniqrog‘i, bebionic-3 haqida to‘xtalamiz.

Bebionic-3 asab tizimi va mushaklardan kelgan signallar orqali ishlaydi. Har bir barmoqqa o‘rnatilgan bir necha funksiyalar protez qo‘lning mukammal ishlashiga yordam beradi. Boshqa protez qo‘llardan farqli o‘laroq, bebionic-3ga qon bosimini o‘lchash xususiyati ham kiritilgan. Bundan tashqari mazkur “qo‘l” qattiq va yumshoq buyumlarni ham bir xilda ushlashga mo‘ljallangan.

Mazkur qurilma yozish, kompyuterda ishlash, qurilish anjomlaridan foydalanish va hattoki ip bog‘lashda huddi haqiqiy qo‘ldek ishlaydi.

Yana o‘qing:  FIDOYILAR HUZURIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: