Yuksak cho‘qqilar sari…

Abituriyent. Bu so‘zni ko‘nglimizda bir o‘tkazamiz-u ko‘z olidimizda oliygohga kirish orzusida yongan damlarni, uyqusiz kitob mutolaasiga berilgan tunlarni, birgina o‘zimiz emas, balki barcha oila a’zolarimiz bilan birgalikda imtihon oldidan hayajonga tushib, intiqlik bilan test natijalarini kutgan halovatsiz kunlar gavdalanadi. Ha, chindan ham talabalik baxtiga yetishgan har bir inson shunday kunlarni boshidan kechirigani tabiiy.

Ayni kunlarda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassaslari ana shunday talaba bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlar bilan gavjum. Sababi, oliy ta’lim dargohlarida hujjat topshirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning » 2013/2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarori bu yilgi qabul jarayoni uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unga ko‘ra, oliy ta’lim muasaalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talabalar qabuli bo‘yicha kvotalar ajratilgan. Jumladan, 2013/2014 o‘quv yilida bakalavr ta’limi yo‘nalishiga 56607 nafar talaba qabuli belgilangan bo‘lsa, shundan 19120 nafari davlat granti, 37487 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Magistratura mutaxassisliklariga 6300 o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan 1548 nafari davlat granti, 4752 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Shunday ekan barcha oliy ta’lim maskanlari kabi Toshkent kimyo-texnologiya institutining bu yilgi qabul jarayoni ham anchagina qizg‘in. Institutda bakalavr yo‘nalishida 11 ta mutaxassislikka, magistratura yo‘nalishida esa 17 ta mutaxassislikka qabul qilish ko‘zda tutilgan. Talabalar qabulini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi tayinlanib uni o‘tkazish tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur jarayonga biriktirilgan barcha xodimlar o‘z ishiga mas’uliyatli yondashgan holda faoliyat olib bormoqda.

– Ma’lumki, Toshkent kimyo-texnologiya instituti respublikamizning iqtisodiy rivoji uchun kerakli kadrlar tayyorlab berish bilan o‘ziga xos mavqeiga ega. Joriy yilda institutga bakalavriatura ta’lim yo‘nalishiga 790 ta jumladan, 315 ta davlat granti va 475 ta to‘lov-shartnoma asosida qabul rejalashtirilgan. Shuning­dek, institutning Qo‘ng‘irot bo‘limining Qo‘ng‘irot soda zavodi uchun 65 ta davlat granti asosida maxsus sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha Qo‘ng‘irot kunduzgi bo‘lim uchun jami 100 ta jumladan, 20 ta davlat granti asosida, 80 ta to‘lov-shartnoma asosida qabul rejalashtirilgan. Magistrlar tayyorlash bo‘yicha esa umumiy 251 o‘rin ajratilgan bo‘lsa, shulardan 101 tasi davlat granti asosida, qolgan qismi to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi, – deya bizga ma’lumot berdi institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, qabul komissiyasining mas’ul kotibi Dilshod Qoraboyev.

Yana o‘qing:  “Cho‘qqi” buvam, “Hi-hi” xolam va men

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, institutda qabul qilish shart-sharoitlarini tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida respublika viloyatlari, tumanlari va tashkilotlariga yetakchi professor-o‘qituvchilarining safarlari tashkil etilib, korxona va tashkilot rahbarlari hamda o‘quv tajribasida bo‘lgan yuqori kurs talabalari yordami bilan o‘rta maktabni bitiruvchilar o‘rtasida to‘g‘ri kasb tanlash ishlari tashkil qilindi.

– Institutning menejment yo‘nalishiga hujjatimni topshirmoqchiman. Barcha to‘plagan bilimlarimni ishga solgan holda test sinovlaridan yuqori ball to‘plashga harakat qilaman, – deydi Surxondrayo viloyati, Denov tumanidan kelgan abituriyent Karima Odilova. – Bunday paytlarda biz yoshlarda biroz hayajon bo‘lishi tabiiy. Qabul komisssiyasi xodimlarining xushfe’lligi bizni dadilroq bo‘lishimizga undaydi.

Institut qabul komissiyasi a’zolari tomonidan abituriyentlar va ularning ota-onalarini qabul qilish kunlari va soatlari mal’lumotlar taxtasida belgilangan qoidalar asosida tashkil etilishi ta’minlangan. Abituriyentlar uchun test dasturining mazmuni, hamda test o‘tkazishni tashkil qilish, baholash mezonlari, ularga qo‘yiladigan talablar haqida axborot hamda tushuntirishlar berish, maslahat soatlari ham tashkil qilingan. Bu esa abituriyentlarni kasb tanlash va hujjat topshirish davomida yuzaga keladigan savollarga javob olish, imkonini beradi.

Talabalik baxti yana ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishishga zamin bo‘ladi. Buning uchun davlatimiz tomnidan yaratib berilayotgan barcha imkoniyatlar yetarlidir. Bunga javoban esa yoshlardan chuqur va puxta bilim olish talab etiladi. Zero, zakovat va teran tafakkur hamisha yuksak g‘alabalarga yetaklaydi.

Ma’rifat TOLIPOVA,

«Sog‘lom avlod» muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: