YAXSHIYAM BAXTIMGA OYIM BOR

Hamisha sevuvchi, suyovchi,

Doimo yo‘limga intizor.

Men uchun o‘rtanib kuyuvchi —

Yaxshiyam baxtimga oyim bor.

Bilaman, ba‘zida dunyo keng,

Sir emas bo‘ladi u goh tor.

Umrimning ma‘nosi baxtga teng,

Yaxshiyam baxtimga oyim bor.

Samimiy, muloyim, mehribon,

Hammadan yaxshidir, betakror.

Farzand deb qalbi ham bir ummon,

Yaxshiyam baxtimga oyim bor.

Iroda MAHMUDOVA

II-bosqich talabasi

Яна ўқинг:  VATAN BAYROG'I

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: