Xonadon — baxt koshonasi

– deydi quruvchi-muhandis Usmon aka Teshaxo‘jayev.

Chizmachilik fani o‘qituvchisi Bilol aka o‘quvchisining ishtiyoq bilan chizgan rasm­larini tengdoshlariga ko‘rsatar, o‘z navbatida ishi boshqalarga o‘rnak bo‘layotganidan qalbi quvonchga to‘lgan o‘spirinning g‘ayrati yanada jo‘shardi. Maktabdagi darslari tugab uyiga qaytayotganida qishloq ko‘chalaridagi uylarga razm solar, ularning pishiq g‘ishtdan yoki paxsadan devor urilib bir tekisda suvoqdan chiqarilganini ko‘rib o‘zicha baho berardi. Usmon aka o‘rta maktabni tugatib Toshkent davlat politexnika universitet (institut)i qurilish fakultetining kechki bo‘limiga o‘qishga kiradi. O‘qish bilan birgalikda duradgorlik ham qiladi. Bora-bora kasbini mukammal o‘zlashtirgan qo‘li gul ustaning ta’rifini eshitganlar unga buyurtma berishga oshiqardilar.

Institutni muvaffaqiyatli tugatgan Usmon Teshaxo‘jayev Toshkent shahar Olmazor ko‘chasida joylashgan 5-ta’mirlash qurilish korxonasida muhandis-injener, 1987 yildan boshlab poytaxtdagi “O‘zbekmebel”ga qarashli qurilish-ta’mirlash korxonasida ishlab chiqarish ustasi vazifalarida ishlagan. Ayni vaqtda Toshkent shahri Uchtepa tumaniga qarashli “Ta’mirlash-qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ish yurituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Poytaxtimiz azim Toshkentning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan bir qator imoratlar bezagiga Usmon akaning ham qo‘li tekkan. Doimo yangilikka o‘chligi, izlanuvchanligi bois ko‘pchilik nazariga tushgan qahramonimiz hamon ko‘rkam va bejirim uylar qurib xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilmoqda.

– O‘z kasbimni qadrlayman. Odamlarga yordamim tegayotganidan faxrlanaman. Uy qurish – kichik bir Vatan bunyod etish demakdir. Bino poydevori qanchalik mus­tahkam bo‘lsa, uning devori baquvvat bo‘ladi. Devori baquvvat binoning sinchlari to‘g‘ri qo‘yilib, tomi yog‘in-sochinga bardosh beraolsagina ishingdan ko‘ngling to‘ladi. Ayni paytda zamonaviy ko‘rinishdagi uylarga talab kuchli. Buning uchun binoning loyiha-hujjatlaridan tortib, uning qurilishi-yu bezak uslubigacha talabga javob berishi lozim, – deydi Usmon Teshaxo‘jayev.

Ayni kunlarda Navoiy ko‘chasida qad ros­tlagan Matbuot va axborot agentligi binosida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan qo‘li gul quruvchilarga Usmon aka bosh-qosh. Besh qavatli binoning ichki ko‘rinishini bejirim qilib ta’mirlayotgan ustalarning qo‘li qo‘liga tegmaydi. Ishning unumi albatta uning to‘g‘ri tashkil etilganida.

Bugun Usmon aka Teshaxo‘jayev kasbidan kamol topganlardan biri. Rafiqasi ­Xolida opa bilan to‘rt nafar farzandini hamda olti nafar nabiralarini kamolini ko‘rib umrguzaronlik qilib kelmoqdalar. Umr yo‘llariga chizgilar berilganda har bir insonning odamiyligi va kasbi-kori alohida o‘rin tutadi. Usmon aka Teshaxo‘jayev ham o‘zidagi insoniy fazilatlari, qo‘li gul quruvchiligi bilan el orasida e’tibor topganlardan.

Yana o‘qing:  Bola qalbi yaratuvchisi

Jamila HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: