Tibbiy jihozlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi

Barchamiz sevib tomosha qiladigan “Tabib” filmidagi bir jumla esingizdadir? o‘lim to‘shagida yotgan bemor holini ko‘rib, “ahvol juda chatoq. bu o‘rinda tibbiyot ojiz”, deb aytgan shifokorga qarata tabib shunday deydi: “agar tibbiy asboblarim bo‘lganida edi…” film davomini esa yaxshi bilasiz: tabib doktorning asbob-uskunalarini yashirincha olib qolib, bemor hayotini saqlab qoladi… a, bugungi tibbiyot rivojida zamonaviy asbob-uskunalarning roli beqiyos. Buni qaysidir ma’noda shifokorning qo‘sh qanotiga qiyos etish mumkin. Chunki tabobatni rad etmagan holda shuni aytish mumkinki, texnika va texnologiya taraqqiyoti tibbiyotni butunlay yangi bosqichga olib chiqdi va olib chiqmoqda.

Har kuni va kunora ommaviy axborot vositalari orqali qaysidir bedavo kasallikka davo topilgani haqida xabardor bo‘lamiz. Issiq jon – o‘zimiz va yaqinlarimiz ichida o‘sha kasallikka chalingan insonlar bo‘lsa, tezda daragini topganimiz – zamonaviy tibbiyot xizmatiga oshiqamiz.

O‘tgan davr mobaynida ayni mana shu jarayonda ba’zi bir muammolarga ham duch kelingani bor gap. Ammo yurtimizda bugun tibbiyot sohasi butunlay qayta isloh etilmoqda. Har bir tibbiy punktga malakali mutaxassislar jalb etilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan odamlar dardiga shifo ulashilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tibbiyot sohasi butunlay yangicha qiyofa kasb etib, odamlar tibbiy ko‘rikdan mamnun bo‘lmoqda.

Bunda O‘zbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasining ham hissasi katta. Uyushmaning asosiy maqsadi yurtimizda tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar ishlab chiqaruvchi hamda chet eldan olib kiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shu orqali xalqimizga sifatli tibbiy xizmatni ta’minlashdan iborat.

Uyushma 20 dan ortiq doimiy a’zosiga ega bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi, arzon, yuqori darajadagi sifatli, ishonchli tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va ularga sifatli texnik xizmat ko‘rsatadi.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolaganmiz, – deydi O‘zbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi Otabek Jiyanboyev. – Asosiy maqsadimiz yurtdoshlarimizning tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga ko‘maklashish va milliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlarini chet davlatlarga eksportini ta’minlashdan iborat.

Uyushma mahalliy tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar sohasini yanada takomillashtirish va yangi innovatsion texnologiyalar asosida mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish uchun yaqin ko‘makdosh bo‘libgina qolmasdan uning bevosita ishtirokchisi ham bo‘lib kelmoqda.

Yana o‘qing:  Suvaraklarning odam salomatligi uchun qanday xavflari mavjud?

 

E’zoza ALIMOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: