TA’LIMDA ZAMONAVIY USLUB: bolalar salohiyatini yuksaltiradi

Respublikamizda chet tillarini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlarida ham xorijiy tillar asosiy o‘rin tutmoqda.

O‘zim o‘qituvchilik qiladigan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 97-umumta’lim maktabida xorijiy til saboqlari boshlang‘ich sinflardanoq uslubiy ko‘rgazmalar va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan jihozlangan maxsus o‘quv xonalarda o‘tkazilmoqda.

– Maktabimizda 2 ming 300 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olmoqda, – deydi mazkur maktabning chet tillarini o‘qitish uslubiy birlashmasi raisi Luiza Mahmudova. – Ta’lim dargohimizda 3– va 4-sinflarga qo‘shimcha dars, ya’ni to‘garak sifatida, qolgan barcha sinflarda esa ta’lim standartlari asosida ingliz va nemis tillari o‘rgatilib kelinmoqda. O‘quvchilarimiz “Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ham sazovor bo‘lishmoqda. 9-sinf o‘quvchisi Maftuna Shonazarova nemis tili fani bo‘yicha tumanda ikkinchi, 6-sinf o‘quvchisi Najmiddin Jabborov esa ingliz tili fanidan tumanda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Maktabimizda viktorina, bellashuv, insholar ko‘rik-tanlovlari muntazam o‘tkazilmoqda. Ba’zan o‘quvchilarimizning o‘zlari yangi-yangi tadbirlar haqida ham fikr bildirishmoqda. Bularning barchasi bolajonlar orasida til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari tobora oshayotganligi, dunyoqarashlari yanada shakllanayotganidan dalolatdir. O‘z navbatida o‘qituvchilarimiz doimiy izlanishda, ular malakalarini oshirib bormoqdalar. Shu o‘rinda horijiy til o‘qituvchilari uchun respublika miqyosida har haftada o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari ham katta tajriba maktabi bo‘lmoqda.

Chet tillarni o‘qitishda yangicha usullar o‘qituvchilar orasida ommalashtirilmoqda. Ustoz pedagoglarimizdan Mashkura Qirg‘izboyevaning dars jarayonida multimediyalardan foydalanish usuli ayniqsa, ijobiy natijalar bermoqda.

Davlatimiz rahbarining “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘qituvchilarimiz uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu qaror har bir o‘qituvchidan bolalarga chet tillarni o‘rgatishda eng zamonaviy uslublarni qo‘llashni talab etmoqda. Endilikda muallim bor mahoratini ishga solib, o‘z o‘quvchilarini chet tillarni puxta egallab olishlariga safarbar qilmog‘i darkor. Yoshlarimiz endilikda dunyo axborot resurslaridan hayot va o‘quv jarayonida keng foydalanish uchun til bilishlari davr talabi ekanligini his qilishmoqda.

Nodira RAZZOQOVA,

poytaxtimizdagi 97-umumta’lim maktab o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Bioxilma-xillik inson uchun qay darajada muhim?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: