TALABALARNING SEVIMLI MASKANI

Bayramona tusda bezatilgan Jizzax Davlat pedagogika instituti hovlisi har qachongidanda ko‘rkam ko‘rinish kasb etgan. “17 noyabr – xalqaro Talabalar kuni”ni munosib yutuqlar bilan qarshi olgan talaba-yoshlarimizning quvonchi cheksiz. Kelajakda ustozdek buyuk nomga musharraf bo‘lish umidida tahsil olayotgan iqtidorli yigit-qizlar hamda ularga sidqidildan ta’lim berayotgan ustozlarning erishayotgan muvaffaqiyatlari haqida har qancha faxrlanib gapirsang arziydi.

1974 yilda o‘z faoliyatini boshlagan institut viloyatning to‘ng‘ich oliy ta’lim maskani hisoblanib, mazkur ta’lim dargohiga sevimli yozuvchimiz Abdulla Qodiriy nomi berilgan. Dastlab 2 ta fakultet 425 nafar talaba, 20 ga yaqin professor-o‘qituvchi bilan faoliyat yuritgan institutda bugungi kunda 9 ta fakultet, 2 ta bo‘lim, 29 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. 21 ta bakalavr yo‘nalishida 6 ming 700 nafarga yaqin, 5 ta magistratura mutaxassisliklarida 73 nafar talaba tahsil olyapti.

Institutda 3 ta yo‘nalish bo‘yicha doktorantura mavjud bo‘lib, 7 nafar doktorant ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanmoqda.

Bugungi kunda muassasa talabalariga 476 nafar professor-o‘qituvchi tahsil bermoqda. Ularning 15 nafari fan doktori, 120 nafari esa fan nomzodlari hisoblanadi.

Ta’lim dargohi talabalariga yetarlicha bilim berish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yetarlicha moddiy-texnik baza yaratilgan. 714 o‘rinli madaniyat saroyi, 1500 o‘rinli yozgi forum majmuasi, manaviyat-targ‘ibot markazi, 2 ta yopiq sport majmuasi, basseyn, 12 ta ma’naviyat xonasi va Axborot– resurs markazi, 3 ta zamonaviy tipdagi o‘quv binolari mavjud. Shuningdek Ibn Sino nomli salomatlik markazi, Bobur nomli yozgi dam olish oromgohi talabalarning sog‘lig‘ini tiklash hamda muhofaza qilish uchun xizmat qilyapti.

Institutning mavjud o‘quv xonalari zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. Bugungi kunda muassasada 31 ta multimediya jamlanmalari joylashgan ma’ruza zallari, 25 ta kompyuter sinflari o‘qitishning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Talabalarga yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar o‘zining samarasini berib kelmoqda. Shogirdlarimizdan Iroda Abdurahmonova hamda Iroda Matmurodova Zulfiya nomidagi davlat mukofotini, Zulxumor Mamarasulzoda esa “Nihol” mukofotini qo‘lga kiritgan. 9 nafar talaba respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tashkil etilgan turli nomdagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi. Institutning 15 nafar talabasi “Ta’lim grantlari” sovrinini qo‘lga kiritdi, 17 nafar talaba esa respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari bo‘lishgan. Institut professorlari Xolbo‘ta To‘raqulov hamda Muhammadjon Xolbekov yaratgan darsliklar respublikada yuqori baholandi.

Yana o‘qing:  Eng yaxshi tibbiy muassasasi: e’tirofga qanday erishiladi?

Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan pedagog kadrlarga bo‘lgan e’tiborning yuqoriligi sababli o‘qituvchilik kasbi nufuzining bir necha marotaba ortganligi, qolaversa Jizzax Davlat pedagogika institutida yaratilayotgan imkoniyatlar natijasi o‘laroq keyingi yillarda mazkur oliy o‘quv yurtida ta’lim olishni xohlovchilarning soni bir necha bor ortdi. Birgina 2014-2015 o‘quv yilida institut qabul kvotasidagi 1640 ta o‘ringa 22 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirdi. Bunday holat respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Abduhamid TANGIROV,

Jizzax Davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori,”Xalq ta’limi a’lochisi”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: