Tafakkur sandig‘idan (2013-39)

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,

hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

Abdurahmon Jomiy

Hayot yo‘lida birinchi masala –

maktab masalasidir.

Fitrat

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shunda bilursankim, ilm bepoyon.

A. Firdavsiy

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.

Abu Rayhon Beruniy

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,

qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.

Abu Abdullo Rudakiy

O‘quv qunt beradi, bilim-sharaf-shon,

Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.

Mahmud Qoshg‘ariy

Bilimsizlik bilan ishga kirishsang,

Foydasi bo‘lmaydi qancha tirishsang.

Asadiy Tusiy

Aql aytur: adabiy gavharlar aro

Topilmas bilimdan yaxshiroq kimyo.

Nosir Xisrav

Hayotga ko‘p shogird bo‘ldigu hanuz,

Dunyoning ishiga ustod emasmiz.

Umar Hayyom

Yana o‘qing:  Bolalar salomatligi e’tiborda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: