SOG‘LOM OILADA BARKAMOL AVLOD KAMOL TOPADI

Olimlar ota-onaning o‘zini salbiy illatlardan asramasligi farzandlar tarbiyasida naqadar halokatli ta’sir etishini ta’kidlashmoqda. Chunki, nosog‘lom muhitda ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizlar ko‘proq tajovuzkor xulq-atvorli bo‘lishi kuzatilar ekan. Bu narsa oxir-oqibat ularning giyohvandlikka berilish, ichkilikka ruju qo‘yish, oilada er-xotin o‘rtasida salbiy munosabatlarning kelib chiqishi, ayolga nisbatan zug‘umning ortishi, shaxsning o‘z ma’naviy tarbiyasiga nisbatan befarqligi hamda o‘zaro ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.

Ayni vaqtda mustaqil yurtimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, oilaviy sportni milliy mentalitetimizga mos tarzda hayotga joriy etish, oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Bu borada qabul qilingan qaror va dasturlar ijrosini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar tufayli xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazish, yoshlarda sog‘lom va ahil oila qurishga intilishni shakllantirish kabi muhim vazifalar bekamu ko‘st ado etilmoqda. Jumladan, Oila kodeksining 17-moddasida “Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi…” deb qayd etilgan. Tibbiy ko‘rik bu jiddiy ko‘rik ekanligini, mabodo tekshirish jarayonida biron-bir xastalik alomatlari aniqlanganda darhol tushkunlikka tushmasdan dastlab davo muolajalarini o‘tkazib, so‘ngra oila qurishning afzalliklari haqida, albatta, yoshlar yetarlicha bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi. Har bir yigit-qizning nikoh yoshida oila qurishi, uning poydevori mustahkam bo‘lishi yo‘lida nafaqat ular, balki ularning ota-onalari ham mas’uldir. Chunki, bu mas’uliyatli vazifani farzandimning kelajak taqdiri deb anglagan kattalar nikohlanuvchilarning nasl-nasabini surishtirib, zurriyodidan sog‘lom farzand tug‘ilishi borasida qayg‘urmog‘i shart. Birgina bu emas, oila quruvchi yigit va qiz kasb-korli bo‘lmog‘i davr taqozosidir. Har bir bunyodga kelayotgan yangi oilaning iqtisodiy jihatdan ta’minlanganligi, albatta, kelgusida shu xonadonning ahil va inoqligiga zamin hozirlaydi.

Bugungi global ekologik sharoitlar sabab turli xastaliklar vujudga kelmoqda. Ularning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga e’tibor berish zarur. Har bir oilaning ro‘zg‘or tutumidagi saranjom-sarishtalik, pokizalik, o‘z vaqtida turli-tuman vitaminlarga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish va eng muhimi sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanib borish organizmning kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Shu sababli biz, eng avvalo, sog‘lom turmush tarzini o‘z oilamiz bag‘rida yarataylik. Ana shundagina voyaga yetayotgan farzandlarimiz ertamizning komil insonlari hamda munosib vorislari bo‘lib ulg‘ayadi. Kuchli jamiyatni esa sog‘lom va barkamol farzandlar bunyod etishi shubhasizdir.

Yana o‘qing:  Yaxshilik, g‘amxo‘rlik ma’naviy yuksalishning bosh mezoni sanaladi

Orif HASANOV,

Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: