Ota-onaning “kichik darsi”

yoxud perentis qanday til?

Go‘dak onasi yordamida o‘z tili va unda so‘zlashishni o‘rganadi. Ingliz tili bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lgan ota-onalar perentis uslubini qo‘llash orqali uy sharoitida farzandining ingliz tilini o‘rganishiga ko‘mak berishlari mumkin.

Perentis – kichik yoshdagi bolaning tiliga moslashgan so‘zlashish uslubi bo‘lib, u bilan kichkintoylarni chet tilini o‘rganishiga yordam beriladi. Onalar perentis tilidan tabiiy ravishda foydalanishadi. Ba’zi erkaklar uchun agar suhbat ma’lum bir mavzular, masalan, surat yoki o‘yin asosida olib borilmaydigan bo‘lsa, buni amalga oshirish qiyin tuyiladi. Oila kattalari muloyim ovoz va oddiyroq tildan foydalanib, farzandlarini til o‘rganishga undaydi.

Ota-onalar ingliz tilidagi talaffuzlaridan xavotir olmasalar ham bo‘ladi. Chunki, yosh bolalar o‘z talaffuzlarini o‘zgartira olishdek ajoyib qobiliyatga egalar. Eng asosiysi, ular “men ingliz tilida so‘zlasha olaman” va “men ingliz tilini yoqtiraman” degan fikrga borishlari lozim.

Jarayonni izohlab borish (baland ovozda): “Let’s put it here.” (“Kel, buni bu yerga qo‘yamiz.”), “There.” (“U yerga.”). “Look, I’ve put it on the table.” (“Qara, men uni stolning ustiga qo‘ydim.”). “Which one do you like?” (“Senga qaysi biri yoqadi?”). “Oh, I like this one.” (“Voy, menga bunisi yoqdi.”). “The red one”. (“Qizil rangdagisi”).

Bunday uslubdan kattalar so‘zlashuviga nisbatan ko‘proq foydalanish bolaga o‘rganayotganlarini mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu holat ota-ona uchun zerikarli tuyulishi mumkin, lekin bola uchun aslo unday emas.

Ingliz tili saboqlarida bir xil jumlalarni tez-tez qo‘llash orqali bolalarning tilni tushunishi ortib boradi. Asta-sekin asosiy jumlalar kengaytirib boriladi: “Let’s “play Simon” says.” (“Kel, “Saymon deydiki” o‘yinini o‘ynaymiz.”). “Stand there.” (“O‘sha yerda tur.”). “That’s right.” (“Xuddi shunday”).

Bolaning tilni tushunishiga yordamlashish uchun yuz ifodalari va imo-ishoralardan keng foydalaning. Iymanib turgan bolani gapirishga undash va rag‘batlantirish uchun yakka muloqotda nigoh kontakti uslubi yaxshi samara beradi. Bunda ular javob berishdan oldin eshitganlarini mulohaza qilishlari lozimligi, sukut saqlashni ataylab uzaytirish, uni o‘yinga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish imkonini beradi. Ba’zi ota-onalar jarayonni tomoshaga aylantirish va perentis tilidan foydalanishdan xijolat bo‘lishlari mumkin. Ammo, bola uchun bunday usul ingliz tilini o‘rganishini yengillashtiradi. Ular gapirishni boshlaganlarida ota-onalar tabiiy ravishda perentisdan foydalanishga ehtiyoj kamayganligini his qiladilar.

Yana o‘qing:  Ko‘zga nur, ko‘ngilga halovat bag‘ishlab...

Ingliz tili saboqlari bir necha daqiqadan uzog‘i bilan o‘n daqiqagacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olishi, sharoitdan kelib chiqqan holda bir kunda bir yoki ikki marta o‘tkazilishi mumkin. Ingliz tilidagi so‘zlar qanchalik tez-tez qo‘llaniladigan bo‘lsa, u shunchalik tez o‘zlashtiriladi.

Shuni unutmaslik kerakki, til saboqlari davomida ota-onalar hech narsaga chalg‘imasdan butun e’tiborlarini o‘z farzandlariga qaratishlari lozim.

Kichik yoshdagi bolalar mantiqiy fikrlaydi. Ular muloqot bevosita ishtirok etayotgan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lganida tilni yaxshi o‘rganadilar. Agar faoliyat bolaga dastlab o‘z ona tilida tanishtirilgan va uni yaxshi tushunib olgan bo‘lsa, ular o‘zlarini ancha dadil his qiladi va faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan inglizcha so‘zlarni tushunish va o‘rganib olishga tayyor bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar faqat ingliz tilida olib borilsa, u qisqaroq bo‘lishi lozim. Chunki, bolalarning boshqa tilga o‘z e’tiborini yo‘naltira olish davomiyligi o‘z ona tiliga nisbatan qisqaroq bo‘ladi.

Faqat ingliz tilidagi muloqotga quloq solish, ularni tez charchatishi mumkin. Eng asosiysi, farzandingiz mashg‘ulotda o‘zini yaxshi his qilishi va muvaffaqqiyatga erishayotganligini bilib turishi lozim.

 

Durdona AKBAROVA,

O‘zMU talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: