Musiqaning shifobaxsh ohanglari

Renesans davridagi bir nechta italyan musiqa asboblarida “Musiqa qalbni davolaydi” degan yozuvni uchratish mumkin. Buni qarangki, Qadimgi Misrlik tabiblar bemorlarni ohanglar yordamida davolashni yaxshi yo‘lga qo‘yishgan ekan. Qadimgi xitoyliklar esa bemorlarga xar bir tana a’zosi uchun alohida “musiqiy retsept” tavsiya qilishgan.

Hozirgi kunda tadqiqotchi olimlar musiqani bizning kayfiyatimizga yaxshi ta’sir etuvchi omil sifatida foydali ekanligini ta’kidlamoqda. Kimdir bosh og‘rig‘i yoki tushkun kayfiyatni turli dori vositalar bilan bartaraf etishni istasa, ba’zilar uchun ushbu muammolardan xalos bo‘lishga yaxshi musiqa tinglashning o‘zi kifoya.

Qanday musiqalar organizm uchun foydali?

XIX asr oxirlarida amerikalik vrach-nevropatolog Jeyms Korning musiqaning ta’sirini o‘rganib chiqqan. Shifokor asabidan shikoyat qilgan bemorlarni davolash chog‘ida musiqadan foydalanadi. Natijalar esa kutilganidan ham yaxshi samara berdi. Shundan so‘ng kasalxonada “shifobaxsh” konsertlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Oradan yuz yil o‘tgandan so‘ng Amerika va Yevropada ham shifokorlar stomatologiya va operatsiya xonalarida hamda bolalar kasalxonalari va harbiy gospitallarda ham “musiqaterapiya”dan foydalana boshladilar.

Bundan bir necha yillar ilgari Rim fanlar akademiyasining izlanishlari natijasida musiqa yordamida insondagi qo‘rquv, depressiya, yurak qismidagi og‘riqlarni, gipertoniya, stressni to‘liq davolasa bo‘ladi degan xulosani e’lon qilishdi.

Tadqiqotlar natijasida bemorlarning aksariyati aynan mumtoz musiqalar xastalikni bartaraf etishda samarali ekanligini e’tirof etishmoqda. Motsart, Bax, Betxoven, Chaykovskiy, Shopen, Borodino, Biz, Shtraus, Kalman, Legar kabi bastakorlarning musiqiy asaralari shular jumlasidandir.

Musiqa turlariga qarab insonga turlicha ta’sir etadi. Masalan, sho‘x musiqa diqqatni jamlashga yordam bersa, sokin kuy uyquning normallashuviga yordam beradi. Mutaxassislarning fikricha pionino orqali chalingan kuy qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir etar ekan. Skripka qalbni davolaydi. Rahm-shavqat hissini faollashtiradi. Violonchel buyrak faoliyatiga ta’sir etar ekan. Fleyta (naysimon musiqa asbobi) o‘pkani tozalaydi va kengaytiradi. Organ aql faoliyatini muvozanatlashtiradi. Zarbli cholg‘u asboblari esa yurak ritmini tiklanishida yordam beradi. Qon aylanish tizimiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Uyqusizlik paytida sokin musiqalarni tinglash tavsiya etiladi. Misol uchun Chaykovsikiyning musiqalarini. Erta tongdan Vivaldoning musiqalarni, Shubertning serenadasini tinglash samaraliroq. Betxovenning musiqa asarlari esa bosh og‘rig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

Yana o‘qing:  Bolalar salomatligi yo‘lida samarali hamkorlik

Olivye Messianning “Uyg‘ongan qush”, Edvard Grigning “Ertalabki kayfiyat”, Rixard Shtrausning “Tong”, Klod Debyussining “Dengiz” va “Oy yog‘dusi” musiqalari asab tizimini mustahkamlashda tavsiya etiladi.

Mumtoz adabiyot kabi mumtoz musiqa ham insonlarni ta’sirchan, atrof-muhitga, insonlarga mehr-muhabbatli, qilib tarbiyalaydi. Shuning uchun bu asarlar asrlarga tatigulikdir.

Malohat NAZAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: