Minnatdorlik maktubi

Ota-ona uchun farzandining sog‘-salomat bo‘lishidan ortiqroq baxt bo‘lmasa kerak. O‘g‘lim E. Qudratov tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelganida buning qadrini yanada kuchliroq his etdim.

Men uchun og‘ir kunlarning birida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va ular amalga oshirayotgan ezgu ishlar haqida xabar topdim. Shundan so‘ng fondga jigarbandimning “tetrada fallo” og‘ir nuqsoni bilan dunyoga kelgani, unga jarrohlik amaliyoti zarurligi haqidagi ariza bilan murojaat qildim. O‘g‘lim 2018 yil 5 mart kuni poytaxtimizdagi akademik V. Vohidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan klinikasida operatsiya qilindi. Shifokorlarning sa’y-harakatlari tufayli jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Farzandim bag‘rimga eson-oman qaytdi.

Fursatdan foydalanib, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining fidoyi xodimlari, shifokorlar, xususan, X. Abrolov va J. Pirnazarovga o‘z tashakkurimni izhor etaman. Ezgu va xayrli ishlaringizda omad va zafarlar tilayman!

 

Yorqinoy RO‘ZIQULOVA

Yana o‘qing:  Tibbiyot qo‘lqoplari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: