“Maxsus montaj qurilish” korxonasi – yuqori sifat, xaridorgir mahsulot

Mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda tadbirkorlikka qulay shart-sharoit yaratish muhim o‘rin tutadi. Ayni shu munosabat bilan yurtimizda xususiy tadbirkorlikka, kasanachilik rivojiga keng yo‘l ochilmoqda. Sohada uchrayotgan muammolar chuqur o‘rganilib, o‘z vaqtida to‘laqonli yechimini topmoqda.

Har qanday korxonada ishlab chiqarish turlari oshgani sayin yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga katta e’tibor qaratiladi. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga va tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladi.

O‘tgan vaqt mobaynida yurtimizda barcha yo‘nalishlar qatori tibbiyot sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi, odamlarning tibbiy xizmatdan rozi bo‘lishi uchun ko‘plab amaliy ishlarga qo‘l urildi. Buni O‘zbekistonda tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi “Maxsus montaj qurilish” korxonasi faoliyatida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Korxonada massaj, tibbiy ko‘rik kushetkalari, tibbiy stol, tibbiy to‘siqli parda, temir mebellar, dori-darmonlar saqlash uchun tibbiy shkaflar, parrandalarni saqlash stellajlari, ko‘rgazmalar, kiyim-kechaklar, arxiv va yong‘in xavfsizligi shkaflari, stabilizator qutisi, seyflar kabi o‘ttiz turdan ziyod tibbiyot muassasalari uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Korxona rahbarlari Rossiya va Xitoy davlatlarida bo‘lib, yurtimizga investitsiyalarni yo‘naltirish maqsadida xorijiy investorlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda mamlakatimizda davlat dasturi asosida qurilayotgan namunaviy loyihadagi uylarning temir eshiklari, kirish joylaridagi va qavatlarga chiqish zinalaridagi panjaralarini ushbu korxona jamoasi tomonidan yetkazib berilayapti. Xususan, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 5-6-massivlarda qurilgan va qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning bunyod etilishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotir. Ayni paytda “Maxsus montaj qurilish” korxonasi jamoasi yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda.

 

– Har yili “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan tibbiyot ko‘rgazmalarida o‘z mahsulotlarimiz bilan ishtirok etib kelamiz, – deydi “Maxsus montaj qurilish” korxonasi rahbari Xondamir Agzamxodjayev. – Ko‘rgazmada yildan yilga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning soni ortib borayotgani kishini quvontiradi. Bu ham bo‘lsa tadbirkorlarimizga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir. Biz yaqin kelajakda raqobatbordosh mahsulotlar ishlab chiqarib, dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilishni rejalashtirganmiz. Bu orqali 80-100 nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlaymiz.

 

Korxona jamoasi erishayotgan yutuqlarda Komiljon Ahmedov, Qobil Mahkamov, Ravshan Shokirov, Artur Habibulin, Sharofxo‘ja Abdullayev kabi ishchilarning hissasi katta.

Yana o‘qing:  Andijon shahrida bo‘g‘ma kasalligiga gumon qilingan tashxis tasdiqlanmadi

Biz Sergeli tuman hokimining investitsiya, innovatsiya, kichik sanoat zonalarini tashkil etish, xususiylashtirish, korxonalarga ko‘maklashish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha hokim o‘rinbosari Iskandar Rafiqovga uchrashganimizda u quyidagilarni so‘zlab berdi:

 

Tumanimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi qarorlar ijrosini hayotga keng tatbiq etib kelmoqdamiz. Hududda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik va sanoat mahsulotlari xorijiy davlatlarga eksport qilinayapti. Xususan, “Maxsus montaj qurilish” korxonasi tomonidan bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Ulkan bunyodkorlik ishlari avj olgan maskan – Sergeli tumanida kim bilan uchrashmang, qaysi tadbirkor bilan suhbatlashmang ularning barchasi berilayotgan imkoniyat va yaratilayotgan sharoitlardan so‘z ochadi. Barchada ishtiyoq, ertangi kunga umid va ishonch yuqori. Ular orasida Xondamir Agzamxodjayev kabi tadbirkorlarning borligi ertangi kunimizga bo‘lgan ishonch hissini yanada oshiradi.

 

Oygul RAZZOQOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: