Kitobni tanlab o‘qiysizmi?

Kishining madaniyati, ma’naviyati uning qanday kitob o‘qishida aks etadi. Shu ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yoshlar ko‘proq kino, video, televideniye, kompyuter, internetga berilib ketdi. Hozirgi kunda ko‘pgina xonadonlarga kompyuter kirib kelgan. Istalgan yangilig-u axborotni u orqali istagancha olish mumkin.

Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosa olmaydi. Masalan, taniqli yozuvchi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani asosida ishlangan film qanchalik mahorat bilan tasvirga olingan bo‘lmasin, asarning ta’siri, jozibasini to‘laqonli ifodalab berolmaydi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga o‘xshatishgan.

Zero, fikr doirasi keng, ma’naviyatli kishilar jamiyatning chinakam boyligi hisoblanadi.

Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimaslikning achchiq mevasidir.

Har qanday yangilik bir kun eskiradi. Biroq, insoniyatning ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo qimmatini yo‘qotmaydi. Binobarin, u hamisha ilm-ma’rifat, adab va axloq manbai bo‘lib kelgan. Tarixdan ma’lumki, inson taraqqiyoti yo‘lida erishgan darajasidan hech qachon qaytgan emas. Qadim ajdodlarimiz hatto, tasavvur ham qilolmagan g‘aroyibotlar hozir ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lyapti. Demak, insoniyat imkoniyatlarining cheki, orzu-umidlarning adog‘i yo‘q. Kitobxonlik ijodiy ish va u doimiy shug‘ullanishni taqozo qiladi. Siz badiiy asar o‘qishga endigina kirishayotgan bo‘lsangiz, dastlabki paytlarda voqealar oqimini qiziqib kuzatasiz. Bu esa asta-sekin o‘sha hodisalar tasviridan tegishli xulosa chiqarishga boshlaydi. Asarda tasvirlangan syujet bilan hayot voqeligini farqlash jonli muloqot natijasidir. Kitobxon ularni taqqoslash uchun bosh qotiradi – o‘ylashga majbur bo‘ladi. Shu jarayonda asar voqeligini xayolida qayta jonlantiradi, qahramonlarning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi, muayyan xulosalar chiqaradi. Ko‘rinadiki, u ham o‘ziga xos ijod qiladi. Kitobxonning ijodkorligi yozuvchi mahoratiga, yana ham to‘g‘rirog‘i, badiiy asar saviyasiga bog‘liq. Shunday ekan mutolaa bilan ko‘proq band bo‘lish, ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qiladigan kitoblarni tanlab olmog‘imiz kerak.

 

Z. NAZAROVA,

Karmana sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Mehrsiz MUNOSIB tarbiya bo‘lmas

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: