Kelajak davomchilari

Kelajak avlod haqida qayg‘urish, ularni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimizdan sanaladi.

Har bir ota-ona o‘z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko‘rish uchun mehnat qiladi. Shunday oilada katta bo‘lgan farzand milliy an’analar, qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qiladigan komil, barkamol shaxs sifatida voyaga yetadi.

Shuni hisobga olgan holda o‘tgan davrda mamlakatimizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joriy yil 9 sentyabr kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning imzolanishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Aytish kerakki, ayni paytda respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini qayta rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Buni poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan “Bahor” nomli 507-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu muassasa o‘tgan yil qayta ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Ayniqsa, bog‘cha hovlisida o‘rnatilgan ertak qahramonlarining haykalchalari, turli-tuman shakl berilgan gullar bolalarni bog‘cha tomon chorlamoqda. Hozirda muassasadagi 10 ta guruhda jami 239 nafar shirindan shakar bola tarbiyalanmoqda. Bundan tashqari muassasada ingliz tili, shaxmat, o‘zbek jang san’ati, raqs hamda o‘zbek tili to‘garaklari muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda. To‘garaklarga bolajonlar yoshi va iqtidoriga qarab taqsimlangan.

Yaqinda MTMda “Hosil bayrami” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bolajonlarning ota-onalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayramda bolajonlar meva va sabzavotlar, poliz ekinlari haqida yod olgan she’rlarini yodlab berishdi va qo‘shiqlar kuylashdi. Ular tarbiyachi va musiqa rahbari bilan raqsga tushib, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.

Sh. MAMUROV

Yana o‘qing:  Ustozning nomi ulug‘, maoshi-chi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: