ISTIQBOL – IQTIDORLI YOSHLAR QO‘LIDA

Bir kuni ishdan qaytsam, endigina maktab yoshiga yetgan qizalog‘im televizorda bolalar uchun berilayotgan “Ingliz tili saboqlari” ko‘rsatuvini tomosha qilib, birgalikda so‘zlarni talaffuz qilayotgan ekan. Bundan juda xursand bo‘ldim. O‘zim ham ingliz tili o‘qituvchisiman. Maktabimizda bolalarning til o‘rganishga ishtiyoqi shu qadar balandki, qo‘shimcha dars ham o‘tamiz. Xullas, qizimni ertasigayoq bolalar to‘garagiga olib bordim. To‘garakda u tengdoshlari bilan bir zumda do‘stlashib, darslarni diqqat bilan o‘rganishga kirishdi.

O‘zim faoliyat yuritayotgan Jizzax shahridagi 9-umumta’lim maktabida haftaning har jumasida “ingliz tili kuni” deb belgilangan. Bu kunda barcha sinfda ingliz tili saboqlari o‘tiladi. “Yosh lingvist” to‘garagi mashg‘ulotlari ham malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Bundan tashqari, “Dunyo bo‘ylab” nomli devoriy gazeta tashkil qilingan bo‘lib, unda maktab o‘quvchilarining ingliz tilida yozilgan maqolalari, hikoya yoki ijodiy ishlaridan na’munalar e’lon qilinadi.

– Maktabda chet tillarini o‘rganish uchun barcha sharoit yaratilgan. Audio dasturlar, rasmli ko‘rgazmalar, lug‘at kitoblar va yana ko‘plab kerakli adabiyotlar mavjud. O‘quvchilarmiz maktablar o‘rtasida o‘tkaziladigan ko‘plab musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. Bularning barchasi davlatimizning yoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibori, ishonchining mahsulidir.

Muxtasar aytganda o‘quv maskanimizda iqtidorli o‘quvchilar safi kengayib bormoqda. Ularning bilim olishga bo‘lgan intilishi, qiziqishini ko‘rib quvonamiz. O‘qituvchilarning mehnati, davlatimizning yuksak e’tibori o‘z samarasini berayotir. O‘quvchilarimiz kelgusida chet davlatlarda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida ishtirok etib, yurtimiz ravnaqini yana yuksaltiradi, degan umiddamiz. Zero, buning uchun bizda hamma imkoniyat yetarli.

Rixsigul TURSUNOVA,

Jizzax shahridagi 9-umumta’lim maktabining oliy toifali ingliz tili o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  YAXShILAR KO‘MAGI BILAN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: