Ilmga baxshida umr

Yillar o‘tishi bilan zamon o‘zgaradi. Insonlar ham davr bilan hamnafas bo‘lish uchun u bilan tengma-teng qadam tashlashga, oldinga intilishga harakat qiladi.

Shunday insonlar borki, ularning avlodlarga qoldirgan merosi vafotidan keyin ham abadiy barhayot bo‘lib qoladi. Umrini ilmga baxshida etgan ajoyib inson, biologiya fanlari doktori Ibrohim Kazakov qoldirgan katta ilmiy merosning ham fan rivojida muhim o‘rni bor.

Ibrohim Kazakov 1948 yil Turkmaniston Respublikasi, Toshovuz viloyatida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. U 1969 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning fizika fakultetiga o‘qishga kirdi. Oliygohni tamomlagach, bo‘lg‘usi olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida kichik ilmiy xodim, aspirant, so‘ngra Fiziologiya va biofizika institutida katta ilmiy xodim, Zoologiya institutining Hujayra biologiyasi va hayvonlar toksikologiyasi laboratoriyasi mudiri, Umumiy parazitologiya laboratoriyasining katta ilmiy xodimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 2010 yil dekabr oyidan umrining oxirigacha Zoologiya instituti direktori lavozimida ishladi.

Ustoz Ibrohim Kazakov o‘z ilmiy faoliyati davomida O‘zbekiston hududida uchraydigan ilonlar (Colubridae oilasi), kulrang echkiemar, shuningdek, bo‘g‘imoyoqlilarning ba’zi turlari (o‘rgimchaklar va kanalar)ning mavsumiy va kunlik faolligi, oziqlanish va ko‘payishiga ko‘ra tavsiflab berdi.

Colubridae oilasiga mansub ilonlar, Varanidae oilasiga mansub kulrang echkiemar, shuningdek, bo‘g‘imoyoqlilarning Theridiidae, Yeresidae, Lycosidae oilalariga mansub o‘rgimchaklar va Ixodidae, Argasidae oilalariga mansub kanalar zaharining issiq qonli hayvonlarning kichik birligi hisoblangan hujayra va uning organoidlari bajaradigan vazifalariga ta’sirini o‘rganib, ularni ilmiy asoslab berdi.

I. Kazakov ilk bor ushbu ilonlar va bo‘g‘imoyoqlilar zaharini hujayraning biologik membranalariga (qobiq) ta’sirini o‘rganish jarayonida zahar tarkibida organizimni asab tizimiga ta’sir qiluvchi neyrotoksik komponentlar borligini aniqladi. Bu izlanishlar kelgusida individual toza neyrotoksinlar ajratib olishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Zaharli jonivorlarning zaqqum chiqaruvchi a’zolariga qarab ularning kelib chiqishi umumiyligi aniqlandi. Ulardan olingan zaharlarning biologik ta’sir mexanizmi o‘rtasidagi o‘zaro tarixiy bog‘liqlik borligi isbotlandi. Ibrohim Kazakov biologiya faniga munosib hissa qo‘shgan olim edi. U 200 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi hamdir. Shuningdek, u qator shogirdlarga ustozlik qilgan.

Ustozimiz Ibrohim Kazakov 2011 yil sentyabr oyida dunyodan o‘tdi. Shunga qaramay zabardast olim o‘zidan boy ilmiy meros qoldirib ketdi. Biz shogirdlar u kishi boshlagan ezgu ishlarni davom ettirib, O‘zbekiston ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shishga harakat qilamiz.

Yana o‘qing:  Bu bor gap

 

Adolat MIRZAYEVA,

Sojida UMRQULOVA,

O‘zR FA Botanika va zoologiya institutining ilmiy xodimlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: