Hayoti ibrat, so‘zi hikmat otaxon

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani Oq oltin mahallasida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Muhammadjon ota Ergashev Ikkinchi jahon urushidan so‘ng uzoq yillar ta’lim tizimida samarali mehnat qildi.

Viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla ahli, yoshlar 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida faxriy pedagogning xonadoniga tashrif buyurib, otaxonga Prezidentimiz nomidan pul mukofoti va sovg‘a-salomlar topshirdi. Otaxon o‘z xotiralarini so‘zlab berish asnosida yoshlarni bugungi osuda va farovon kunlarning qadriga yetish, uni asrab-avaylashga da’vat etdi.

 

Tohir ISTATOV,

O‘zA

Yana o‘qing:  QALBI HAM, QO‘LI HAM MO‘JIZA YARATADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: