DUO OLGAN OMONDIR

– Har bir kasbning o‘ziga xos mashaqqati bor. Uni puxta egallash esa avvalo har bir kishining harakatiga bog‘liq.

Bir voqea hech yodimdan chiqmaydi. O‘shanda 5-sinfda o‘qirdim. Dars tugashi bilanoq uyga shoshildim. Darvozadan hovliga kirishim bilan qarshimda ko‘zida yosh bilan termulib turgan Mehri opamni ko‘rdim. U gapirolmasdi. Imo-ishora bilan meni oldiga chaqirib, og‘zini ko‘rsatdi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki og‘zidagi igna tilini teshib o‘tib yuqori va pastki tishlariga tiralib turardi. Opam tilini ichkariga tortib ololmasdi. Bir zumda ehtiyotlik bilan ignani ohista sug‘urib oldim. Keyin undan voqea sababini so‘radim. Shunda Mehri opam tilini ustida shish paydo bo‘lganini ana shu shishni igna bilan teshib suvini chiqarib yubormoqchi bo‘lganini, ammo buning uddasidan chiqolmay yuqoridagi holat sodir bo‘lganini yig‘lamsirab aytib berdi. Kechqurun ishdan qaytgan ota-onam bo‘lgan voqeani eshitib avvaliga opamni biroz koyishdi, keyin esa meni bag‘irlariga bosishib “katta bo‘lsa Zumrad qizim do‘xtir bo‘ladi”,– deb erkalashdi. Bu so‘zlarni tinglab shifokor bo‘lishga ahd qildim. Bolaligimdagi istagim meni Toshkent Tibbiyot oliygohiga yetakladi. 1982 yilda mazkur oliygohni tugatib Jizzax viloyati Zarbdor tuman shifoxonasida mehnat faoliyatimni boshladim. Mana o‘ttiz yildan buyon aholiga baholi qudrat malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga harakat qilmoqdaman, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xal­qaro xayriya jamg‘armasi Baxmal tuman tayanch maskani direktori Zumrad Do‘stmurodova.

Darhaqiqat, malakali shifokor qator yillar davomida tuman Tibbiyot birlashmasida onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari vazifasida mehnat qildi. Turmush o‘rtog‘i Murod Ahmedovning qo‘llab-quvvatlashi bois Zumrad opa ham ishini ham oilasini birdek ardoqlab kelmoqda. Ayni vaqtda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Baxmal tuman tayanch maskani direktori vazifasida ishlayotgan Zumrad Do‘stmurodova o‘z jamoasi bilan tuman aholisining salomatligini muhofaza qilish borasida ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Baxmal tumanida 131 ming nafar aholi istiqomat qilib ularga 26 ta qishloq vrachlik punkti tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Jamg‘armaning tayanch maskani shifokorlari QVPlarda, mahallalarda bo‘lib aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, beg‘araz yordam sifatida dori-darmonlar tarqatmoqda. Shuningdek, aholi o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazilayotgan “Yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning oldini olish”, “Sog‘lom turmush tarzi” kabi mavzulardagi suhbatlar, savol-javob kechalari ularning tibbiy bilimlarini oshirmoqda. Ha, xalqimiz orasida “Intilganga toleyi yor”,- degan naql bejizga aytilmagan. Zumrad opa Do‘stmurodova ham baxtu kamolini halol mehnat orqali topib, elning duosini olib kelayotgan fidoyilardan.

Yana o‘qing:  MA’NOLAR XAZINASI

Islom XUDOYQULOV,

Jizzax viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: