BOLALARI BUNYODKOR BO‘LSA

yurtning har qadami obod bo‘ladi

Qizalog‘ining qo‘liga har safar qalam-qog‘oz tutqazgan onasi uni uzoqdan zavq bilan kuzatar edi. Besh yoshli Farangiz multfilm tomosha qilayotib, o‘zi sevgan qahramonlarining rasmini chizardi. U 6-sinfda o‘qib yurgan kezlari “Zumrad va Qimmat” ertagidagi qahramonlarning rasmini chizganida o‘qituvchisi Fotima opa unga e’tibor berib, kelajakda o‘qib, izlansang va harakat qilsang, yaxshi rassom bo‘lib yetishasan”, deya ishonch bildirgandi. Ustozining bu turtkisi sabab unda shu sohaga qiziqish paydo bo‘ldi. Keyinchalik u stol ustida turgan idishlar, ular ichidagi mevalar tasvirini ya’ni natyurtmort chizishni o‘rgandi.

Farangiz Xo‘jayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 115-umumta’lim maktabini a’lo baholarga tamomlaganidan keyin Yunusobod dizayn kasb-hunar kollejining “Dizayn” yo‘nalishida tahsil oldi. So‘ngra 2013 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Interyerni loyihalash”, ya’ni, bino ichki dizayni yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi. O‘qish jarayonida Farangiz kursdoshlari bilan birgalikda tabiat qo‘yniga, yurtimizning tarixiy obidalari, markaziy maydonlariga borib peyzaj yo‘nalishidagi suratlarni chizdi. “Mustaqillik maydoni”da joylashgan “Xotira xiyoboni”dagi ulkan po‘lat kitobni varaqlar ekan, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, ona Vatan himoyasi uchun jonini fido qilgan insonlar xotirasi uning xayolini zabt etdi. U shunday daqiqalarda bugungi tinch zamonamizga shukronalar keltiradi, osoyishta hayotimizning qadriga yetishimiz kerakligini yurak-yuragidan his qiladi. El-yurtiga, ota-onasiga, yaqinlariga bo‘lgan mehr va sadoqat tuyg‘usi uni ijod qilishga undaydi.

Hozir u oliy o‘quv dargohining 3-bosqich talabasi. O‘qish jarayonida ta’lim maskanida o‘tkazilgan qator ko‘rgazmalarda o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, nufuzli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, u fotosuratlar olish bilan ham shug‘ullanadi. 2014 yilda poytaxtimizda “Ekologiyani asrash” mavzusiga bag‘ishlangan fototanlovda tabiatni asrashga, unga loqayd bo‘lmaslikka undovchi ijod namunalari bilan ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.

Uning ijodiy namunalaridan “Hazrati imom masjidi” (Xastimom), “Samovar bilan natyurmort”, “Qo‘shni qiz portreti”, “Ayol portreti”, “Erkak portreti” suratlarida tarixiy obidalar, yurtimizda yetishtiriladigan meva-sabzavotlar hamda inson fe’l-atvorining o‘ziga xos tasvirlanishi bilan e’tiboringizni tortadi, mushohadaga chorlaydi.

Farangiz kelajakda dizayner-o‘qituvchi bo‘lib, yoshlarga bilim berishni orzu qiladi. Ustozlari Otabek Ahmedjonov, Odiljon Fattohovdan loyihalash, interyer tarixi, binoning tashqi fasad qismi loyihalarini o‘zlashtirish bilan birga ularning yoshlarga ilm berish sirlarini ham o‘rganib kelmoqda.

Yana o‘qing:  Tabiatning o‘zi tabib

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: