Anjir – kamqonlikda davo

Ona tabiatni biz buyuk hakim deb ataymiz. Bu bejiz emas. Tabiatda o‘sayotgan barcha meva, sabzavot va poliz ekinlari koni foyda ekanligi barchaga ma’lum.

Mevalar ichida anjir o‘zining dorivor xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ushbu meva organizmga quvvat beruvchi vosita hamdir.

Mazkur meva tarkibi kaliyga boyligi sabab yurak-qon tomir xastaliklarida uni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ma’lumki kaliy qon-tomirlar zo‘riqishini bartaraf etadi hamda ularni kengaytiradi. Yana anjir mevasi qon bosimi oshishini bartaraf etadi.

Artrit xastaligida organizmdan ortiqcha tuzlarning chiqrishga ko‘mak beradi.

Anjir peshob haydash xususiyatiga egaligi sabab buyrak faoliyati bilan bog‘liq muammolarda tavsiya etiladi.

Ushbu meva tarkibidagi temir moddasi olmanikidan yuqori. Shu sabab kamqonlikdan aziyat chekuvchi insonlarga anjir tonovul qilish tavsiya etiladi.

Sutga solinib qaynatilgan anjir qoqisi yo‘talga qarshi vosita sanaladi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Oilaviy ajrimlar: “raqam”larning izidan quvish emas, aniq ishlarni amalga oshirish lozim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: