Randa

Randa, randa,

Qilmay kanda

Taxta betin,

Yonu sirtin.

Oz-oz shilib,

Randalaysan.

Ishing bilib,

Uddalaysan.

Liq to`la payraha

To’rt tarafing.

Duradgorga

Tegar nafing.

Tig’ing o’tkir,

Osting yalt-yult.

Xizmatingdan

Mamnun el-yurt.

G`oz

Avvalgi yoz,

Akam Niyoz.

Sovg’a qildi,

Ajoyib g’oz.

Don yemaydi,

Suv ichmaydi.

Qanoti bor,

Hech uchmaydi.

Rost gap Maston,

Ishonmasdan–

Yurma, g’ozim,

Plastmassadan.

Fil

Boshliq bo’lsa o’ziga,

Hayvonot bog’ida fil.

Qorni katta choynakdek,

“Burni”ni cho’zar nuqul.

Ravshan ISOQOV

Яна ўқинг:  Ниятлар дарчасидан мўралайди Янги йил

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: