DUGONAJON

Kelgin birga quvnaymiz

Qadrdonim dugonam.

Qo‘g‘irchoqlar o‘ynaymiz

Sodiq do‘stim yagonam.

 

Doim bo‘lgin sog‘ omon,

Sen kulsang ko‘nglim to‘lar.

Dasta gullar teramiz

Bilsang gul sayli bo‘lar.

 

Kapalaklar quvamiz

Birga bog‘larni kezib,

Quvlashmachoq o‘ynaymiz

Kim-kimdan ketar o‘zib.

 

Birga rosa quvnaymiz

Dugonajon, dugonam.

Doim bo‘lgin sog‘-omon

Sodiq do‘stim, yagonam.

 

Iroda SA’DULLAYЕVA,

Jizzax viloyati, Arnasoy tumani

Яна ўқинг:  Kichkintoylar kuldiradi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: