Kichkintoylar kuldiradi
– Dadasi, sizni yana maktabga chaqirishibdi. O‘g‘lingiz tag‘in futbol o‘ynab maktabning oynasini sindirganmish!
– Nima?! Bu maktab faqat oynadan iboratmi, nima balo?!
– Qodirjon, darsingni qildingmi?
– Yo‘q.
– Unda nimaga uxlashga yotding?
– O‘zingiz aytgansiz-ku, “Qancha kam bilsang, shuncha tinch uxlaysan”, – deb …
– Botirjon, kecha nega maktabga kelmading?
– Akam kasal bo‘lib qoldi.
– Buni senga nima aloqasi bor?
– Men yangi velosipedida uchdim-da!..
– Nega dasturxonga qo‘lingni cho‘zyapsan, tiling yo‘qmi?
– Bor, qo‘lim uzunroq-da…
– Aziz, rostini ayt, inshoni senga kim yozib berdi?
– Chin so‘zim, bilmayman, ustoz, men juda erta uxlashga yotaman.