Yangi innovatsion olimpiada o‘tkaziladi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fanlar bo‘yicha bilim va malakalarini almashishlariga hamda fanlardan olgan bilimlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida joriy yildan boshlab innovatsion olimpiada tashkil etilmoqda.

Olimpiadani tashkil etish jarayonida shu kungacha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadalaridan olingan tajribaga, qolaversa, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari va ekspertlar taklif-mulohazalariga tayanildi. Yana bir muhim jihat, vazirlik innovatsion olimpiadani adolatli, oshkora va shaffof tashkil etish, haqqoniy baholashni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga keng imkon yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, test sinovlari onlayn tarzida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida o‘tkaziladi.

Bellashuvning barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita, hay’at a’zolarining farzandlari, o‘quvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ushbu shaxslar tegishli qaror asosida tashkiliy qo‘mita yoki hakamlar hay’ati a’zolari tarkibidan chiqariladi. Qolaversa, tanlovning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida g‘oliblarning yoki boshqa qatnashchilarning ishlarini jamoa rahbarlariga, ishtirokchilarga va ularning ota-onalariga ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Shuningdek, innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida nufuzli xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida mamlakatimiz nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Innovatsion olimpiadani tashkil etish davomida mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning fikri o‘rganib boriladi. Konstruktiv taklif va mulohazalar asosida olimpiadani o‘tkazish tartibiga o‘zgatirish kiritish mumkin.

Hozirda innovatsion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 13-15 aprel kunlari bellashuvlarning respublika bosqichi 7 ta hududda bo‘lib o‘tadi.

 

Orif KOMILOV

Yana o‘qing:  Mehr mo‘jizasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: