Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-34)

  • Muborak Ramazon Hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator mamlakat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Saylovlar jarayonida ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish: qonunchilik va amaliyot” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
  • Prezidentimiz rahnamoligida istiqlol yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tasarrufidagi Nukus aeroporti ham xalqaro andozalarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
  • Jizzax viloyati hokimligida BMT taraqqiyot dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolar ishtiroki va hamkorlik” loyihasi doirasida Jizzax va Namangan viloyatlarida amalga oshirilayotgan hokimlikning zamonaviy axborot xizmati modeliga bag‘ishlangan viloyatlararo taqdimot o‘tkazildi.
  • Termiz shahrida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Vatanimiz Mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Eng namunali xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi yakunlandi.
  • O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” mavzuidagi anjumani bo‘lib o‘tdi.
  • Samarqand tumanidagi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Yana o‘qing:  Prezident Namanganga keldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: