USTOZLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

Respublika bolalar kutubxonasida 1oktyabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda o‘qituvchilar va ta’lim tizimiga, yoshlarning mukammal bilim olib voyaga yetishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi. Shu bilan bir qatorda istiqlol yillarida ustoz va murabbiylarni rag‘batlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida 390 ming 105 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagog kasb mahorati, uning bilim va ko‘nikmasi muhim omillardan sanaladi. Shu sababli Xalq ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglar malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchi va pedaogoglar orasida eng ilg‘or tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirish maqsadida «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi», «Yilning eng yaxshi direktori», «Yilning eng yaxshi psixologi», «Yilning eng yaxshi uslubchisi», «Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi», «Yilning eng yaxshi faol ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari» va boshqa ko‘rik-tanlovlar orqali ta’lim mazmunini takomillashtirish maqsadida mukofotlar joriy etilgan.

1992-2014 yillar davomida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi jami 3 ming 594 nafar o‘qituvchi va murabbiylar turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandi. Shulardan 7 nafari «O‘zbekiston qahramoni», 110 nafari «El-yurt hurmati» ordeni, 31 nafari «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, 284 nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, 515 nafari «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, 374 nafari «Do‘stlik» ordeni, 312 nafar «O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi», 329 nafari «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘satgan xalq ta’limi xodimi», 1 ming 356 nafari «Shuhrat» medali, 12 nafari «Jasorat» medali va boshqa unvonlar bilan taqdirlandilar.

Ch.XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, yangiliklar (2014-41)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: