Tibbiyot sohasidagi yutuq va muammolar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etish: yutuqlar, muammolar va ularning yechimi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish yo‘nalishidagi islohotlarning ijrosi samaradorligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda joriy etilgan deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratining bugungi holati va uning natijalari tanqidiy tahlil etildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning samaralari bilan birga yechimini kutayotgan kamchilik va muammolarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini vrachlar bilan ta’minlash ko‘rsatkichi pastligicha qolayotgani qayd etildi. Bir necha oilaviy poliklinikalarda ijtimoiy dorixonalar tashkil etilmagan. Tez tibbiy yordam brigadalari zarur tibbiy asbob-uskunalari bilan to‘liq ta’minlanmagani hamda ba’zi tibbiyot xodimlarining mas’uliyatsizligi, o‘z ishiga nisbatan befarqligi, patronaj va tez yordam xizmati to‘laqonli olib borilmayotganiga e’tibor qaratildi.

Tadbirda bu kabi dolzarb masalalarni hal etishda parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Yana o‘qing:  Hashar davom etmoqda: 18 ming 568 gektar maydon obodonlashtirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: