TA’LIMGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning sifatli va uzluksiz ta’lim olishini ta’minlash maqsadida maktablarning o‘quv va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib bormoqda.

Poytaxtimizning Hamza tumanidagi 30-umumta’lim maktabida ham ana shunday ta’lim-tarbiya ishlari amalga oshirilyapti. Maktabda yetti yuzdan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi. Ularga 46 nafar malakali o‘qituvchilar turli fanlardan saboq berib kelishmoqda. Darslarni interfaol usulda olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu narsa ta’lim jarayonida o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari A.Alekseeva va M.Ne’matovalar dars jarayonida interfaol usullardan keng foydalanishadi. Bu esa o‘quvchilarning o‘tilayotgan fanlarni tez va oson o‘zlashtirishga, o‘z ustida ko‘proq ishlashiga yordam beradi. Maktab ta’lim tizimida bunday uslublardan foydalanish bugungi kunda zamonaviy ta’limga qo‘yilayotgan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki, respublikamizda ta’lim-tarbiyaga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini beryapti. Bu esa yosh avlodning intellektual salohiyatining yuksalishida asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ulug‘bek XALILOV

Yana o‘qing:  UYQUCHANLIK (narkolepsiya) qanday xastalik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: