Talabalar bilimlar bellashuvida

Toshkent davlat yuridik universitetida ingliz tili fani bo‘yicha talabalar respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan bilimlar bellashuvida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralangan eng iqtidorli talabalar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

Ingliz tilini mukammal biladigan navqiron avlod vakillari safi kengayayotgani ushbu fan olimpiadasida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ushbu loyiha doirasida talabalarning Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi ham uyushtirildi. Ular temuriylar tarixiga oid ma’lumotlarni ingliz tilida tinglashdi.

Ikki kun davom etgan olimpiadada Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ikkinchi, Toshkent davlat texnika universiteti vakillari uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  So‘z erkinligi – OAVning asosiy vazifasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: