Taassurotlarga boy ta’til

Yurtimizda davom etayotgan yoz faslining har bir kuni bolajonlar uchun tassurotlarga boy o‘tmoqda. So‘lim va bahavo go‘shalarda sayr qilish, turli tadbir va ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etish, sayohatlar uyushtirish hamda sport musobaqalari o‘tkazib turish ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Bu yil Jizzax shahridagi bir qator maktablar qoshidagi sog‘lomlashtirish va kunduzgi oromgohlar faoliyati ham namunali tashkil etildi. Ayniqsa, shaharning Buniso Tojiboyeva rahbarligidagi “Kamalak g‘unchalari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam oluvchilarning har bir kuni sermazmun o‘tmoqda. Oromgohda hordiq chiqarayotgan 100 nafardan ortiq bolajonning sho‘x-shodon qiyqirig‘i va o‘yin-kulgulari bir lahza ham tinmaydi.

Oromgoh Sangzor daryosi sohilida joylashgan bo‘lib, bu yerdagi so‘lim manzaralar, anvoyi gullar, anhordan shildirab oqayotgan zilol suv barchaning diliga orom va halovat baxsh etadi.

 

Bu oromgohda birinchi marta bo‘lishim, – deydi Nasiba Nazarova. – O‘rtoqlarimdan ta’rifini eshitib, shu yerda dam olishni ko‘nglimga tugib ko‘ygandim. Tashkil etilayotgan turli tadbirlar va ko‘ngilochar o‘yinlar, mazmunli sayohatlar, qiziqarli sport musobaqalarini ko‘p yillar eslab yursam kerak.

 

– Bolajonlarning kayfiyati juda yaxshi, – deya suhbatimizga qo‘shildi yetakchi Yulduz Abdullayeva. – Chehrasida quvonch balqib turgan kelajagimiz egalariga bo‘lgan bu kabi yuksak e’tibor namunasini faqat bizning diyorimizda ko‘rish mumkin.

 

Bu yerda sog‘lom turmish tarzining asosiy omili bo‘lgan sport musobaqalari o‘tkazilayotganligiga ko‘pchilikka o‘zgacha zavq ulashmoqda. Bunda tajribali tarbiyachilardan Muhayyo Nishonova, Lobar Egamova, sport yo‘riqchisi Aziz Aliyev va raqs to‘garagi rahbari Fotima Abduxoliqovalarning hissasi beqiyos.

 

Bolalarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, – deydi viloyat kasaba uyushmasi tashkilotlari birlashmasi kengashi yetakchi mutaxassisi To‘laboy To‘ychiyev. – Mavsum boshidan tayyorgarlik ishlarini Xalq ta’limi vazirligining “Bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida ma’naviy-ma’rifiy konsepsiyani amalga tatbiq etish to‘grisida”gi qarori asosida tashkil etdik.

 

Bu yil yoz mavsumida viloyatimizda 12 ta statsionar va 58 ta kunduzgi oromgoh 13 525 nafar bolaning ko‘ngilli hordiq chiqarishiga ko‘maklashmoqda.

Kam ta’minlangan oilalarning 75 nafar farzandi, boquvchisiz qolgan bolalar “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan sog‘lomlashtirilmoqda. “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga bepul yo‘llanmalar berilgan.

 

Abdulla SAIDOV,

Yana o‘qing:  Yesang – sahar ye...

Jizzax viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: