Saxovat – ko‘ngil gavhari

Muruvvat va saxovat singari yuksak insoniy tuyg‘ular qadim-qadimdan xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan sanaladi. Har qaysi davr yozma manbalariga qaramang barchasida ajdodlarimiz bir-birlariga muruvvat ko‘rsatish kemtik ko‘ngillarni ko‘tarish va o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratganlarining guvohi bo‘lamiz.

amlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab yoshlarimizni ham ma’nan ham jismonan barkamol va sog‘lom voyaga yetkazish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yurtboshimizning “Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom va barkamol qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini qurish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”, degan fikri asos bo‘lib, yurtimizda ko‘plab ana shu sohaga yo‘naltirilgan xayriya tashkilotlari ish boshladi.

1993 yilning 23 aprelida tashkil etilgan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi mana bir necha yildirki, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalarga hamda “Mehribonlik uylari” va “Muruvvat uylari” tarbiyalanuvchilariga xayriya yordamlari ko‘rsatish, iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali faoliyat olib borayotgan xayriya tashkilotlaridan biridir.

Jamg‘arma 2010 yil davomida 18 million 164 ming AQSH dollari hamda 360 million 698 ming so‘mdan ziyodroq qiymatga ega muruvvat yuklarini tarqatgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib bu ko‘rsatkich 22 million 676 ming AQSH dollari hamda 297 million 993 ming so‘mdan ziyodroqni tashkil qildi. Bundan tash­qari 2012 yil hisobidan esa jamg‘arma tomonidan 30 million 229 ming AQSH dollariga va 142 million 174 ming so‘mga yaqin muruvvat va xayriya yordamlari tarqatildi.

Shu bilan birga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat filiallari va tuman tayanch punktlari tomonidan har yili 1000 nafarga yaqin yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga zarur bo‘lgan protez-ortopedik mahsulotlar, reabilitatsiya-texnik vositalari bilan ta’minlash hamda moddiy jihatdan ko‘mak berish masalalari bo‘yicha kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi va ular holidan manzilli xabar olinishi ham yaxshi an’anaga aylangan.

Shu bilan bir qatorda jam­g‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan har yili kamida 2 ming nafar yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga xizmat ko‘rsatish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari tarqatish hamda kiyim-kechak bilan ta’minlash ham izchil yo‘lga qo‘yilgan.

Yana o‘qing:  Qo‘lni qo‘lga berib

AQSHning “Ameri Kerz” xal­qaro tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yuzasidan muruvvat yuklarining yetkazib berilishi yildan-yilga ortib bormoqda. 2012 yil aprel oyida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga “Ameri Kerz” tomonidan 164 ming AQSH dollari qiymatidagi muruvvat yuklari yetkazib berildi. Ushbu muruvvat yuklari butun respublika miqyosidagi maktab-internatlari hamda “Mehribonlik uylari”ga tarqatildi.

Bundan tashqari Germaniyaning “Fridenzdorf Interneyshnl” tashkiloti bilan hamkorlik doirasida yuz-jag‘ qismida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 191 nafar bemor bolalar operatsiya qilindi.

Ijtimoiy himoya masalasida hormay-tolmay samarali faoliyat yuritayotgan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi jamoasining kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilagan holda tashkilotning 20 yillik qutlug‘ sanasi muborak bo‘lsin, deymiz.

Farhod TOLIPOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: