SALOMATLIK YO’LIDA

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek Sanoat kasb-hunar kollejida yoshlarni birdamlikka chorlovchi, ularning jismoniy madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi “Barkamol avlod” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ma’lumki, sport nafaqat kishini jismonan baquvvat bo‘lishiga yordam beradi, balki uni ma’nan yetuk, irodasini mustahkam qilib tarbiyalaydi ham.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining negizida ham yosh avlodni har tomonlama sog‘lom etib kamol toptirish maqsadi mujassam.

Aytish joizki, kollej miqyosida o‘tkazilgan mazkur musobaqa 7 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi. O‘quvchi yoshlar voleybol, basketbol, futbol, yengil atletika, stol tennisi, kurash, shaxmat-shashka, qo‘l to‘pi, badminton kabi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazishdi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra buxgalteriya guruhining o‘quvchilari ko‘pgina sport turlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Kollej miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida o‘quvchilarimiz faol ishtirok etishadi – deydi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi M. Hidoyatov. – Respublika, tuman, shahar miqyosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida ushbu kollej o‘quvchilari yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelishmoqda.

Musobaqa g‘oliblari kollej ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

G. QULMIRZAYEVA,

Jismoniy tarbiya va YOCHBT” kafedrasi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  KEKSALAR DOIMO E’ZOZDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: