Qishloqda yangi zamonaviy ziyo maskani

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi Qaqir qishlog‘ida “Kitob sarchashmasi” nomli kutubxona ish boshladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan kutubxonaning ochilish marosimida mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob do‘konlari savdosini keng yo‘lga qo‘yish, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Huquqiy, siyosiy, ilmiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan ziyo maskanida kitobxonlar mutolaasi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

 

M. Qodirov,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Niderlandiyada uchar avtomobillarga buyurtma olina boshlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: