O‘zbekistonda ilk bor abituriyentlar 1 avgustdan oldin bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin

TATU abituriyentlarga bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti abituriyentlarga 1 avgustda o‘tkaziladigan test imtihonlariga kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘z tayyorgarligi va bilim darajasini tekshirish imkoniyatini beradi.

Abituriyentlar 2017 yil 15 iyundan 15 iyulga qadar o‘zlari xohlagan fanlar bo‘yicha imtihon topshirishlari mumkin.

Imtihonlar universitetning “D” blokida joylashgan Javoharlal Neru nomli Axborot texnologiyalari O‘zbek-Hind markazida tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbir TATU abituriyentlar test sinovlarga tayyorgarlik darajasini va o‘z imkoniyatlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga test sinovlar o‘tkazish jarayoniga moslashish va tayyorgarlikni kuchaytirish imkoniyatini beradi.

Yana o‘qing:  Bo‘lajak yurt posbonlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: