“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

 

Kurbanov Ravshanbek Davletovich – “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori

 

Rajabov Sharipboy – Bog‘ot tumanidagi “Bog‘ot” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

 

Ummatov Erkin Raxmanovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i

 

Sharapova Muxabbat Arapovna – Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti I. KARIMOV

 

Toshkent shahri,

2016 yil 23 avgust

Yana o‘qing:  Rio-De-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: