Oromgohlarda madaniy tadbir

Joriy yilning 17-18 iyul kunlari Navoiy viloyati Karmana tumanidagi «Oftobjon» yozgi bolalar oromgohida va Navoiy shahar 13– sonli maktabdagi «Raduga» yozgi bolalar oromgohida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jam­g‘armasining Navoiy viloyat mintaqaviy filiali hamda viloyat OITS makazi tomonidan tashkillashtirilgan «Yoz – o‘tmoqda soz» mavzuida madaniy tadbir o‘tkazildi.

Oromgohlarda o‘tkazilgan tadbirda dam oluvchi bolalar «OITSsiz hayot», «Sog‘ tanda – sog‘lom aql», «Obod turmush yili» kabi ko‘plab mavzularda turli krassvordlar yechish, qog‘oz va asfaltga mavzuga doir rasmlar chizish, shaxmat musobaqasi kabi bellashuvlarda kuch sinashib, g‘olib bo‘lganlar homiy va tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sov­g‘alari bilan taqdirlandilar.

Tabdirning o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad yoshlarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash, tibbiy-madaniyatini oshirish va ular orasida sog‘lom muhitni shakllantirishdan iborat.

Yana o‘qing:  Fond faoliyatidan (2014/17)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: