Oilada sport – zavqli mashg‘ulot

Yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish, xususan, oilalar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali oilalar va o‘sib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini o‘stirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, milliy o‘yinlarni yanada kengroq targ‘ib etish, jumladan, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tishini ta’minlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga erishilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi hamkorligida “Sog‘lom oila” shiori ostida “Otam, onam va men – sportchi oila” sport o‘yini musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Yaqinda “Qushbegi” bolalar sport majmuasida o‘tkazilgan respublika bosqichi o‘yinlarida Madaminovlar oilasi g‘olib bo‘ldi.

– Otam va onam o‘qituvchi, – deydi Zayniddin Abdullayev. – Bo‘lib o‘tgan sport musobaqasida oilaviy ishtirok etdik va g‘alaba qozondik. Shartlar murakkab bo‘lish bilan bir qatorda juda qiziqarli. Men o‘zimga do‘stlar orttirdim, ko‘plab oilalar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdik. Musobaqani tashkillashtirishdan maqsad ham jismoniy chiniqish, sog‘lom turmush tarzini yaratish va barchani ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishdan iborat, deb o‘ylayman. Mening oilam, mahallam, tumanim, xalqim, biz butun bir oilamiz!

Darhaqiqat, ushbu tadbirlar zamirida oilalar o‘rtasida madaniy va ma’rifiy sport musobaqalari samaradorligini oshirish, sog‘lom muhitni yanada barqarorlashtirish, qadimiy aql-idrok o‘yinlarini ma’naviyatimizning bir bo‘lagi sifatida e’zozlash, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash kabi ezgu niyatlar mujassam.

D.QARSHIBOYEVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: