NOGIRONLIGI BO`LGAN SHAXSLAR UCHUN TURIZM SAYOHATI TASHKILLASHTIRILDI

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati maʼlumotiga koʻra, 2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, respublika boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning soni 709 000 nafar kishini tashkil etadi.
Soʻnggi yillarda ularning sayohatini qoʻllab-quvvatlash va joylarda sharoit yaratish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi
PF-5611-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”ni amalga oshirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi hamda Prezidentning 2018-yil 7-fevraldagi
“Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3514-sonli qarori bilan imkoniyati cheklangan (nogironligi boʻlgan shaxslar) va ijtimoiy turizmni rivojlantirish vazifalari belgilandi.
Bugungi kunda mazkur yoʻnalishda nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohatini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona tizim mavjud emas.
Maʼlumot uchun: Tahlillarga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarning sayyohatini tashkil etish va ular uchun joylarda zaruriy sharoitlarni yaratish boʻyicha Yevropa, jumladan, Germaniya, Ispaniya, Angliya, Fransiya kabi davlatlarda keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu davlatlarda ixtisoslashgan internet-portallar, turoperatorlar va turpaketlar tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Ijtimoiy turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan “Sayohat barcha uchun” nomli xayriya sayohati loyihasini amalga oshirishga qaror qildi. Loyiha doirasida jamoatchilik xayriya mablagʻlarini jalb etish maqsadida “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK hisob raqami ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va hisob raqamga kelib tushgan xayriya mablagʻlari quyidagacha taqsimlanadi:
50 foizi – nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohatini tashkil etishga;
25 foizi – joylardagi turizm infratuzilmasi obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirishga;
25 foizi – nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy (tadbirkorlik faoliyati, nogironlik aravachalar va boshqa maxsus jihozlar) qoʻllab-quvvatlashga.
Taʼkidlash joizki, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligi va ularning hududlar toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirish, mazkur toifadagi shaxslar uchun joylarda turizm infratuzilmasida tegishli sharoitlar yaratishga koʻmaklashish maqsadida yurtimiz fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarimiz ushbu turizm turiga jalb etiladi.

Амаль Солиева

Яна ўқинг:  АДАБИЁТ – маънавият кўзгуси

You may also like...

Фикр билдириш

Э-почта манзилингиз чоп этилмайди. Мажбурий маълумотлар * билан белгиланган.

Хато ҳақида хабар

Муҳаррирга жўнатиладиган матн: