Farzand salomatligi – eng buyuk ne’mat

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida Koreya Respublikasining “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti vakillari, Cha universiteti qoshidagi “Pundan Cha” gospitali shifokorlari va yurtimiz shifokorlari yuragida tug‘ma nuqsoni bor bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida ko‘plab tibbiy-ijtimoiy loyihalarni amalga oshirmoqda.

Xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rik va muolajalar kasalliklarning oldini olish, bolalarni sog‘lomlashtirish, o‘zaro tajriba almashishda muhim omil bo‘lmoqda.

“Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti, Cha universiteti qoshidagi “Pundan Cha” gospitali bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi ana shunday tadbir doirasida malakali shifokorlar bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida xastaligi aniqlangan bolalar mamlakatimiz shifoxonalari va Janubiy Koreya klinikalarida sog‘lomlashtiriladi.

O‘z muxbirimiz

Яна ўқинг:  Саримсоқ пиёзли нон

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: