Milliy qadriyatlar festivali

Joriy yil 8 sentyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivalida o‘zbek milliy urf-odatlari va an’analari, tasviriy va amaliy san’at namunalari hamda milliy taomlar namoyish etiladi.

“Milliy” telekanali va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur festivalda keng jamoatchilik va diplomatik korpus vakillari, xorijlik mehmonlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad jonajon yurtimiz milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish hamda xalqimizning azaliy va boqiy merosi bilan yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilikni yaqinroq tanishtirish, ularni namoyish etish asnosida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yanada ravnaq ettirishga qaratilgan. Xalq sayli ko‘rinishiga ega festivalda amaliy va tasviriy san’at namunalari namoyishi, mahorat darslari, xalq o‘yinlari va tomoshalari, milliy rasm-rusumlar, folklor jamoalar va o‘zbek estradasi vakillarining konsert dasturi kabi qator tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

– Festivalning asosiy voqealaridan biri – bu pazandalarimiz tomonidan tayyorlanadigan milliy taomimiz – palov bo‘ladi, – deydi “Milliy” telekanali bosh muharriri H.Solihov. – Bu jarayonda Ginnes rekordlar kitobi (Guinness World Records) vakillari ishtirok etib, mohir oshpazlarimiz mahoratini kuzatib boradi. Tayyorlanadigan palovning miqdori 8 tonnagacha bo‘lishi va ekspertlar uning miqdori bo‘yicha jahon rekordini qayd etishi kutilmoqda. Aynan shu kuni festivalning barcha ishtirokchilari 50 dan ortiq oshpaz tayyorlagan milliy taomdan tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, festaval oshi “Muruvvat” uylari va nogironlarga tortiq qilinadi. Asosiy tadbirlardan yana biri – Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbegim” kitobining taqdimotidir. Kitob xalqimizning ko‘p asrlik shonli tarixi, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga bag‘ishlangan.

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA

Yana o‘qing:  YOZ – O‘TMOQDA SOZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: