Millat salomatligi – yurt farovonligi

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Tibbiy-ijtimoiy markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1iyuldagi «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi kabi bir qator qarorlar, shuningdek, «Obod turmush yili» Davlat dasturi ijrosini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahri Mirobod tumanining chekka mahallalarida aholi uchun bepul tibbiy-ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi tomonidan tashkil etilgan tibbiy-ko‘rik davomida Mirobod tumanining 15 ta mahallasidan 1 144 nafar aholi terapevt, akusher-ginekolog, pediatr, endokrinolog, nevropatolog, otolaringolog, oftalmolog, xirurg, ortoped va bosh­qa mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi. Funksional tashxis usullaridan ultratovush tekshiruvi, elektrokardiografiya tekshiruvi, glyukometriya (qonda qand miqdorini tekshirish), ko‘rish o‘tkirligi kabi tekshiruvlaridan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tibbiy-ijtimoiy patronajda ko‘rik davomida aniqlangan bemorlar ro‘yxati tuzilib, joylardagi sog‘­liqni saqlash muassasalari tomonidan nazoratga olinmoqda va sog‘­lomlashtirilmoqda. Shulardan 662 nafar bemor ayollarning davolanishga tavsiya qilingan bo‘lib, ularning 645 nafariga ambulator, 17 nafariga esa kasalxona sharoitida davolanish tavsiya qilindi.

Tibbiy-ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlami ichida yolg‘iz keksalar alohida o‘rin tutadi. Tibbiy ko‘rik davomida Tibbiy-ijtimoiy markaz mutaxassislari tomonidan 17 nafar yolg‘iz keksalar holidan manzilli xabar olindi va uy sharoitida muruvvat yordami ko‘rsatildi, ularga dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari xayriya yordami sifatida tarqatildi. Ko‘rik davomida jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy markaz mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida tibbiyotdagi dolzarb mavzular xususida ma’ruzalar o‘qilib, davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan aholi ambulator varaqalariga qayd etilib, Mirobod tumani sog‘liqni saqlash tizimi hududiy shifokorlariga topshirildi. Kasalligi aniqlangan bemorlarni nazorat ostiga olish tavsiya etildi. Ikki oy davomida sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirib natijalarini Tibbiy-ijtimoiy markazga taqdim etish tayinlandi.

Tuhfaniso ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Bag'ri guliston...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: