Bag’ri guliston…

Yozgi ta'til boshlanishi barobarida kimdir so'lim bog'larda, kimdir dala hovli tomon, ba'zi birovlar esa boboy-u buvijonlari bag'rida bo'lish uchun so'lim qishloqlar bag'riga otlanadi.

Biz esa toza havodan to'yib-to'yib nafas olib, sog'lig'imizni asrash uchun aynan tog'li hudud­lar­ga yo'l solamiz. Bu yil ham bobom va buvijonimning mas­lahatiga ko'ra ota-onamiz bilan oilaviy tarzda bahovo «Piramida» sog'lomlashtirish majmuasi bag'riga otlandik. Bu yerda «Chorvoq» suv havzasining shisha misol ko'zni qamashtiruvchi suvlari mavjlanib oqib turadi. Uning salqin navosi tanga rohat bag'ishlaydi. Mavjud suv havzalarida mazza qilib cho'milish, baliq kabi uzoq-uzoq masofaga suzish tanimizga huzur bag'ishlaydi. Ukajonim Javdatning chaqqonligiga gap yo'q. Axir chinakam mashq bo'lmasa kim o'zar musobaqasida o'z-o'zidan g'oliblik egallan­may­di­da.

Erta tongdan sog'lomlashtirish majmuasiga tutash tog'lar bag'riga sayohatga otlandik. Serviqor tog'larga, tuyaning o'rkachi kabi toshlarga hayratlanib nazar tashlaymiz. Havoning sofligi bois zumda charchog'imizni unutdik. Zangori osmon bag'rida pag'a-pag'a oq bulutlar kezadi. Tog' bag'riga uyushtirgan oilaviy sayohatimizni yakunlab, kechga tomon yana «Piramida» majmuasiga qaytamiz.

Ushbu sog'lomlashtirish maj­mu­a­sining yon-atrofi ko'm-ko'k maysalar bilan qoplangan. Yam-yashil archazorlar hamda mevali va manzarali daraxtlar, rang-barang turfa gullari borliqqa ko'rk berib turibdi.

Barcha sharoitlarga ega bo'lgan majmuada bayram shukuhi kezadi. Har kungi madaniy-ma'rifiy tad­bir­lar, qiziqarli sport muso­baqalaridan bir olam zavq olamiz. Kechqurun bolalar maydonchasida konsert dasturlari bo'lib o'tadi. Kunimiz zavqli, mazmunli. Do'stlarimiz bilan qiziqarli o'yinlar o'ynaymiz. Rasmlar chizamiz. Kitoblar o'qiymiz.

Sog'lomlashtirish majmuasi bag'ridagi bu yilgi yozgi ta'til kunlarim ham maroqli va taas­su­rot­lar­ga boy holda o'tdi. Ayniqsa, oilamiz bilan birgalikda o'tkazgan kunlarimiz dilga o'zgacha zavq bag'ishladi.

«Piramida» sog'lomlashtirish majmuasidan qaytar ekanmiz, oilamiz bilan mazza qilib dam olib, sog'lig'imizni mustahkamlash uchun mana shunday ko'ngil ochar, sog'lomlashtirish majmuasini tashkil etgan mutasaddilarga chin dildan rahmatlar aytgim keldi.

Ha, «Sog'lom tanda – sog' aql», – deydi dono xalqimiz. Chor-atrofi tog'larga tutash so'lim majmuadan tanimiz chiniqib, sog'lig'imiz tiklanib qaytdik. Endi yangi o'quv yilida yana ham kuch-g'ayratga to'lib «a'lo» baholarga o'qiymiz.

Yurtboshimiz diyorimizdagi barcha o'g'il-qizlarni barkamol avlod bo'lib voyaga yetishini niyat qilganlar. Bunga javoban biz ham o'z iqtidorimizni namoyon qilish uchun harakat qilamiz.

Яна ўқинг:  Элга омонлик истаб...

Bir so'z bilan aytganda musaffo osmon, beg'ubor zamin bag'rida yayrab kamolga yetayapmiz. Yaratilgan barcha imkoniyatlar biz uchun.

Nodira OMILXONOVA,

Toshkent shahridagi 17-maktab o'quvchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: