Maroqli ta’til – yil bo‘yi tatir

Yurtimizda yosh avlodning jismonan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida joriy yilda ham o‘quvchilarning bo‘sh vaqti, xususan, yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 martdagi “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturul amal bo‘layotir.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” bolalar oromgohida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali tomonidan tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, pedagoglar, tibbiyot xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda oromgohda dam olayotgan o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

– Bu yerda ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlari yuqori darajada tashkil etilgan bo‘lib, mavsum yakuniga qadar 2 ming 500 nafardan ortiq bola hordiq chiqaradi, – deydi bolalar oromgohi rahbari T. Boluyeva. – O‘quvchilarning mazmunli dam olishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, taniqli insonlar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Boy kitob fondiga ega kutubxona, suzish havzasi, sport maydonchalari bolalar ixtiyorida. Raqs, biser to‘qish, tasviriy san’at, ingliz tili, shaxmat-shashka, voleybol to‘garaklari doimo bolajonlar bilan gavjum.

Bolalar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Bepul tibbiy tekshiruvlar uchun sertifikatlar berildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: