Maktab o‘qituvchilari mehnati qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari mehnatini qo‘shimcha rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi OAVga taqdim etildi.

Unga ko‘ra respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog kadrlari eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Fan olimpiadalarining ikkinchi (tuman, shahar) bosqichida 1,2, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarini tayyorlagan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining tegishli ravishda 10,9, 8 barobari miqdorida, uchinchi (viloyat) bosqichida 1,2, 3,4, 5-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarini tayyorlagan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining tegishli ravishda 20,15,13,11,10 barobari miqdorida, fan olimpiadalarining to‘rtinchi (respublika) bosqichida 1,2, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarini tayyorlagan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining tegishli ravishda 40,35,30 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi loyihaga kiritilgan.

Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan oltin, kumush, bronza medallari sohiblari bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarini tayyorlangan pedagoglar – eng kam oylik ish haqining 50,45,40 baravari miqdorida mukofotlanishi yozilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi taqdim etilgan buyurtmalarga asosan ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan pedagog kadrlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda sog‘lomlashtirish yo‘llanmalarini o‘rnatilgan tartibda ajratilishini ta’minlaydi.

Yana o‘qing:  Qo‘lingiz aslo dard ko‘rmasin!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: