Kichkintoylarga quvonch ulashib…

Ma’lumki mamlakatimizda davlat tomonidan inson salomatligiga, ayniqsa bolalarning sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga juda katta e’tibor berilayotir.

Bu borada Respublika Onkologiya ilmiy markazi Bolalar onkologiyasi bo‘limi xodimlarining ibratli faoliyati haqida alohida fikr bildirish o‘rinlidir. Ushbu salomatlik maskanida bolalarda uchraydigan xavfli o‘sma kasalliklari davolanadi. Tibbiyot xodimlari eng avvalo shirin muomalasi, mehr va e’tibori bilan bemorlar dardiga malham bo‘lib kelmoqdalar. Shuningdek, bolajonlar muolajalardan keyin turli o‘yinchoqlar bilan to‘ldirilgan alohida xonada miriqib o‘ynashlari uchun sharoit yaratilgan.

Mashhura Haydarova (Farg‘ona): – O‘g‘lim Temur ikki yoshda, unga nefroblastoma tashxisi qo‘yildi. Bu dargohga bir necha bor kelib muolajalar oldik. Bu gal tajribali shifokor Tojiddin Mustafoyev rahbarligida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi. Hozir o‘g‘limning ahvoli ancha yaxshilandi. Buning uchun barcha shifokorlar A.Shukrullayev, Sh.Ne’matov, M.Boboyev hamda hamshiralarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Samarqandlik Shahlo Yarasheva ikki yashar o‘g‘li Asilbek chap moyak o‘smasi tashxisi bilan 6 oydan beri davolanayotgani, bu dargohga kelganidan beri o‘g‘lining dardi ancha yengillashgani haqida gapirdi. Shirinsuxan jamoa xodimlari xizmatidan mamnun ekanliklarini bildirib, barcha onalar nomidan tashakkur izhor etdi.

Ushbu Bolalar onkologiyasi bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Tojiddin Mustafoyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 martdagi “Tibbiyot muassasalarining moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ushbu tizimning yanada rivojlanishida muhim omil bo‘lganligini ta’kidladi. Ana shu qaror asosida Bolalar onkologiyasi bo‘limiga ham yangi zamonaviy tibbiy uskunalar, keltirildi.

Yaqinda mazkur dargohda davolanayotgan bolalar uchun bayram tadbiri uyushtirildi. Axir dardmand ko‘ngillarni ko‘tarmoq ham ka’baga bormoq bilan teng emasmi? Tadbirga Toshkent Davlat Pedagogika universiteti pedagog va psixologlari, shoir va jurnalistlar, san’atkorlar taklif etildi. Ular bolalar bilan dildan suhbatlashdilar. Shoirlar bolalarga atalgan she’rlaridan o‘qib eshittirdilar va ularga yangi chop etilgan kitoblaridan hadya etdilar. Bolajonlar ham yod olgan she’rlaridan o‘qib berdilar. San’atkorlarning go‘zal kuy va qo‘shiqlari barchaga zavq ulashdi.

M. XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: