Ham zavqli, ham bexavotir

Bolaligimda dugonalarim bilan tuproq to‘la ko‘chalarni kezib, qo‘shni qishloqqa o‘ynagani borardik. “besh tosh”, “oq teragu ko‘k terak”, “to‘p otish” kabi o‘yinlar, ayniqsa, anhor bo‘yiga o‘rnatilgan arg‘imchoqda uchish barchamizning eng sevimli mashg‘ulotimiz edi.

Bugungi kunda bolajonlarimiz bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun uzoqqa borishi, tuproq to‘la ko‘chalarni kezishi shart emas. Chunki, ular uchun ota-onasining e’tiboridan uzoqda bo‘lmagan joyda, mahallalarda shinamgina bolalar maydonchalari tashkil etilgan.

Bu kabi maydonchalar o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishida, jismoniy, ma’naviy rivojlanishida munosib xizmat qiladigan muhim maskandir. Ana shu jihatlarni e’tiborga olgan holda, mamlakatimiz miqyosida bolalar maydonchalarini tashkil etish, mavjudlarini ta’mirlash borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Dasturiga asosan qishloq joylarida, olis va chekka hududlarda joylashgan fuqarolar yig‘inlarida bolalar maydonchalarini tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, shaharlardagi bolalar maydonchalariga ham alohida e’tibor berildi.

– Mahallamizda bundan bir necha yil avval zamonaviy bolalar maydonchasi bunyod etildi, – deydi poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdusattor Imomov. – Shuningdek, farzandlarimizni sport bilan shug‘ullanishlari uchun ham alohida sport maydonchasi ishlab turibdi. Ayni paytda bu yerda jajji farzandlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011–2015 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida bolalar maydonchalarini tashkil etish bilan birgalikda uning yoritish masalalari, tanlangan joyi, o‘yin jihozlari, dizayni borasida ham bir qator ko‘rsatmalar berilgan. Zero, bolalar maydonida joylashtiriladigan barcha jihozlar qiziqarli va xavfsiz bo‘lishi lozim. Sababi maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning kundalik hayotidagi turli o‘yinlar ular uchun qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar atrof-muhit bilan yaqindan tanishadi, odamlar bilan o‘zaro muloqot qilishni o‘rganadi va mustaqil harakatlanish, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasida bunyod etilgan ertaklarga monand bolalar maydonchasini ko‘rib, dilingiz quvnaydi. Maysalar-u gullar ifori ufirib turgan yam-yashil bog‘ning atrofi doirasimon dam olish o‘rindiqlari bilan bezatilgan. Daraxtzor ichidagi maysazor chiroyli yo‘lakchalar bilan yasatilgan. Turli arg‘imchoqlar, sirpanchiqlar bolalarning bo‘sh vaqtini chog‘ o‘tkazishiga xizmat qilmoqda. Eng quvonarlisi, bunday maydonchalarni hozir yurtimizning har birgo‘shasida uchratish mumkin.

Yana o‘qing:  Fotorassom nigohida hayot zavqi

Shu o‘rinda bolalar maydonchalarini asrab-avaylash, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish muhim ekanligini ta’kidlash o‘rinlidir. Ularni ko‘z qorachig‘imizdek asrab-avaylash, bolalarimiz ongiga javobgarlik tuyg‘ularini singdirmog‘imiz darkor.

 

Javlon SA’DULLAYEV,

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbirlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: